РУ
O’Z
UZS
/
/
Dunyodagi eng zamonaviy blogerlar: stilistlardan “tradwife”gacha. Bu ro‘yxatda hatto 50+ yoshli mikrobiolog ham bor!
22.01.2025

Dunyodagi eng zamonaviy blogerlar: stilistlardan “tradwife”gacha. Bu ro‘yxatda hatto 50+ yoshli mikrobiolog ham bor!

Dunyodagi eng zamonaviy blogerlar: stilistlardan “tradwife”gacha. Bu ro‘yxatda hatto 50+ yoshli mikrobiolog ham bor!

Dunyodagi eng uslubli ayollarning tanlovini to‘pladik. Ular o‘zlarini noldan yaratishgan, moda sanoatiga katta ta’sir o‘tkazib, Instagram’ni zabt etishgan va moda orqali ulkan boylikka erishishgan. Tayyorlaning, ilhomlanish – yuqumli hodisa, chunki inson ilhomlanib, shu yo‘nalish sari ildam qadam qo‘yishi mumkin!

Oliviya Palermo

Olivia Palermo – jamiyatda mashhur bo‘lgan xonim, stilist, model va inflyuenser. U “Shahar” Amerika realiti-shousi orqali mashhur bo‘ldi. O‘sha paytda hech kim Palermo’da bunday mukammal did va modadagi tendensiyalarni his qilish qobiliyati borligini bilmagan edi. Olivia qimmatbaho brendlar kiyimlarini ommabop mass-market bilan ajoyib tarzda uyg‘unlashtiradi. Uning Instagram sahifasi nafaqat moda, balki go‘zallik bo‘yicha maslahatlar, sayohat suratlari va shaxsiy kadrlar bilan to‘la. Palermo blogidagi reklama narxi osmon qadar yuqori, chunki u AQShda eng yuqori darajadagi blogerlardan biri.

Emma Chemberlen

“Vogue” jurnali tomonidan “Met Gala” boshlovchisi, vintaj uslubini sevuvchi va dunyodagi eng boy blogerlardan biri bo‘lgan Emma Chemberlen bizning ro‘yxatimizdan o‘rin oldi. Emma o‘z obrazlarini deyarli buvisining eski sandig‘idan (aslida baraxolkalardan) topadi. Emmaning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri – u ideal ko‘rinish sari intilmaydi va filtr fotoshoplarni tan olmaydi. U o‘zining tabiiyligi, samimiyligi va hazil tuyg‘usi bilan qalblarni zabt etadi. Emma “oddiy qiz” bo‘lib qolishga muvaffaq bo‘layotgan bir vaqtda uning shon-shuhrati va boyligi kun sayin oshib bormoqda.

Nara Smit

2024-yilning eng mashhur “tradwife” (an’anaviy rafiqa) blogeri Nara Smit haqiqiy fenomen hisoblanadi. Sobiq model, 3 nafar farzandning onasi va modani ilohiy darajaga ko‘targan ayol o‘zining noyob kontenti bilan mashhur bo‘ldi. U maxsus liboslarda va hashamatli brendlar kiyimlarida taomlar tayyorlab, estetika va nafosatni namoyon etadi. Uning sahifasini 4,5 milliondan ortiq odam kuzatib boradi.

Kyara Ferran’i

 

Kyara Ferran’i – italiyalik biznes ayol, moda inflyuenseri va bloger. U 2009-yilda “The Blonde Salad” modalar blogini ochib, dunyoda o‘z ta’sirini o‘tkazgan birinchi blogerlardan biridir. Uning o‘ziga xos uslub tuyg‘usi, xarizma va tadbirkorlik ruhi Kyarani moda olamida yetakchi shaxslardan biriga aylantirdi, shuningdek, Chanel, Dior va Louis Vuitton kabi brendlarning inflyuenseriga aylanishiga yordam berdi. Modadagi ulkan muvaffaqiyati (Instagram’da 28,6 million obunachi) tufayli Kyara o‘z brendini kengaytirib, kiyim-kechak liniyasi va elektron tijorat platformasini o‘z ichiga olgan lifestyle-imperiyaga aylantirdi.

Eymi Song

Aimee Song yoki Song of Style – moda va interyer dizayni haqida yozuvchi mashhur amerikalik bloger. U o‘zining didi va ko‘nikmalari bilan tanilgan bo‘lib, Instagram’da barchani o‘ziga jalb qiladi. U shoppingdagi moda topilmalari, brendlardan sovg‘alarni ochish jarayonlari, shuningdek, interyer dizayni bo‘yicha referenslar va sayohatlaridan olingan suratlar bilan bo‘lishishni juda yaxshi ko‘radi. Song hatto New York Times’ning bestseller kitoblaridan biri – #InstaStyle: Instagram’da qanday qilib millionlab layklar yig‘ish mumkin? muallifi hamdir.

Kamila Koelо (Camila Coelho)

Kamila Koelо – Braziliyadan chiqqan fashion-bloger bo‘lib, Instagram’da ulkan miqdorda kuzatuvchilarga ega. U o‘z faoliyatini vizajist sifatida boshlagan, keyin esa blog va YouTube kanalini ochgan. Lancôme, Dior va Revolve kabi go‘zallik va moda sanoatining yetakchi brendlari bilan hamkorlik qiladi. Go‘zallikka bo‘lgan ishtiyoqi va o‘ziga xos uslub tuyg‘usi tufayli Kamila Koelо ushbu sohaning yetakchi shaxsiga aylangan, millionlab ayollarni o‘z tabiiy go‘zalligini qabul qilishga ilhomlantiradi.

Emili Sindlev

Emili Sindlev Instagram’da millionlab auditoriyaga ega emas (ammo u bu ko‘rsatkichga yaqin), biroq shunga qaramay, dunyoning eng mashhur va zamonaviy qizlari ro‘yxatidan joy oladi. Agar sizni yevropaliklarning “relax” uslubi, oversize va skandinavcha dizayn qiziqtirsa, Emili Sindlevning sahifasi sizga yoqishi aniq. Bloger, shuningdek, juft obrazlarni sevuvchilarni ham xursand qiladi – u bunday uslublarni o‘z turmush o‘rtog‘i bilan birga namoyish etadi va bu obrazlar juda ajoyib ko‘rinadi!

Mari List

Mari List – AQShga ko‘chib o‘tgan rossiyalik bloger va (Forbes ma’lumotlariga ko‘ra) Instagram’ning eng yuqori daromadli inflyuenserlaridan biri. U Calvin Klein uchun model bo‘lib ishlagan, moda jurnalistikasida faoliyat olib borgan va “Happily Grey” nomli shaxsiy blogini yuritgan, unda moda, go‘zallik va turmush tarzi bo‘yicha maslahatlar bilan bo‘lishgan. Mari streetstyle-qiz sifatida moda haftaliklarida tanilgan va CAA talantlar akademiyasi a’zosi (bu yerda Jennifer Aniston va Julia Roberts ham bor). U o‘z vaqtida rossiyalik taniqli restoranlar hamda Toshkentdagi “Lali” va “Sirovarnya” egasi Arkadiy Novikovning o‘g‘li bilan uchrashgan.

Janna Damas

Janna Damas – fransuz moda blogeri, inflyuenser va tadbirkor. U Parijda yashaydi. Damas o‘z faoliyatini model sifatida boshlagan va keyinchalik “Rouge” nomli shaxsiy brendini yaratgan. Instagram’da fransuz uslubidagi obrazlar, sayohat kadrlari va ikki farzandining kundalik hayotidan suratlar bilan bo‘lishadi. Vogue va Harper's Bazaar uchun suratga tushgan, yetakchi modali brendlar bilan hamkorlik qilgan. O‘ziga xos uslubi, maftunkorligi va ishbilarmonligi tufayli u Fransiyada moda ikonasiga aylandi va moda sanoatida muvaffaqiyat qozonishni xohlagan yosh ayollar uchun ilhom manbai bo‘ldi.

Greys Ganem

Greys Ganemning Instagram sahifasi – 50 yoshdan oshgan ayol ham uslubli ko‘rinishi mumkinligining yorqin namunasi. U mikrobiologlikka o‘qigan, kasbi bo‘yicha fitnes murabbiy, qalbida esa moda blogeri. Ganem o‘zining o‘ziga xos uslubi bilan moda sanoatiga tegishli bo‘lmagan holda ham mashhur bo‘lish mumkinligini isbotlaydi. Ganemning muvaffaqiyat siri  – mukammal liboslar, oqargan sochlar, zamonaviy kare soch turmagi va hashamatli aksessuarlar. Shuningdek, unda sezilib turadigan o‘ziga bo‘lgan ishonchi ham mavjud.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.