Ehtiyot bo‘ling! O‘zbekistondagi yangi firibgarlik sxemalari: 2025-yilda o‘z ma’lumotlaringiz va pullaringizni qanday himoya qilish mumkin?


Hamkorimiz Pulbek.uz moliyaviy marketpleysining xabar berishicha, Firibgarlarning yangi hiylalari haqida so‘zlab beramiz. Ularning qarmo‘giga ilinmaslik va mablag‘ingizni himoya qilish uchun ham albatta o‘qib chiqing.
"Sizga davlat yordam ko‘rsatishi lozim", degan mazmundagi davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash haqidagi afsona
Sxema qanday ish beradi:
Siz xabar olasiz yoki o‘zini davlat tuzilmasi xodimi deb tanishtirgan odam bilan shaxsan uchrashasiz. U guvohnomasini ko‘rsatishi va davlatdan bir martalik moliyaviy to‘lov olish huquqiga ega ekanligingiz haqida ishonch bilan gapirishi mumkin. Uni rasmiylashtirish uchun go‘yoki pasport ma’lumotlaringiz va fotosuratingizni taqdim etishingiz kerak ekan.
Bir qarashda mantiqqa to‘g‘ri keladi: davlat organlariga ariza topshirish uchun haqiqatan ham hujjatlar talab etiladi. Shuning uchun inson hech narsadan shubhalanmay, yordam umidida ma’lumotlarini beraib qo‘yadi.
Qayerda pand berildi:
Firibgarlar ma’lumotlaringizni olgach, sizning nomingizga bank hisobvaraqlari, kreditlar yoki mikroqarzlar rasmiylashtiradi. Buni esa keyinchalik aynan siz to‘lashingiz kerak bo‘ladi.
Qanday qilib himoyalanish mumkin:
Agar sizdan shaxsiy ma’lumotlaringiz va suratlaringizni berishingizni so‘rashsa, darhol rad eting. Suhbatni yakunlang va iloji bo‘lsa, nima bo‘layotganini yozib oling: suhbatdoshni suratga oling, ovozini yozib oling. Bu politsiyaga murojaat qilishda asqotadi. Yodda tuting: haqiqiy davlat organlari xodimlari ko‘chada yurmaydi va pul taklif qilmaydi. Agar sizga yordam kerak bo‘lsa - uni faqat sizning tashabbusingiz bilan rasmiylashtirish mumkin.
OpenBudgetga ovoz berish: ishtirok uchun pul
Sxema qanday ish beradi:
Oldingizga o‘zini OpenBudget ko‘ngillilari deb tanishtirgan odamlar kelishi mumkin. Ularning aytishicha, ovoz berishda ishtirok etish orqali siz o‘z hududingizdagi byudjet taqsimotiga ta’sir ko‘rsatishingiz mumkin. Ovozingiz uchun hatto ramziy to‘lov taklif qilishmoqda - masalan, 10 000 so‘m. "Ishtirokni tasdiqlash" uchun pasport va fotosurat so‘raladi.
Qayerda pand berildi:
Vaziyat oldingisiga o‘xshash: shaxsiy ma’lumotlar sizning nomingizga qarz olish uchun ishlatiladi.
Qanday qilib himoyalanish mumkin:
Pasport ma’lumotlarini ulashmang va taklif jozibali tuyulsa-da, notanish odamlarga o‘zingizni suratga olishlariga ruxsat bermang. Bunday "ovozlar" uchun pul - bu sizning shaxsiyatingizni o‘g‘irlashga urinish yashiringan tuzoqdir.
"O‘zbekiston Markaziy Banki" shaxsan sizga qo‘ng‘iroq qilyaptimi? Yo‘q!
Sxema qanday ish beradi:
Telefoningizga go‘yoki Markaziy bank xodimidan qo‘ng‘iroq bo‘ladi. Uning aytishicha, ma’lumotlaringiz o‘g‘irlangan va kimdir hozir barcha hisoblaringizdan pul yechib olishga urinmoqda. Himoyalanish uchun go‘yoki firibgarlarning harakatlarini bloklash maqsadida sizga "mutaxassis" nazorati ostida bank ilovalarini yuklab olish va mikrokreditlarni rasmiylashtirish taklif qilinadi.
Shu bilan birga, sizdan SMS-kodlarni aytish, parollarni kiritish so‘raladi - bularning barchasi go‘yoki "g‘arazgo‘ylarni hisoblash" uchun qilinmoqda.
Qayerda pand berildi:
Mana shular firibgarlardir. Siz o‘zingiz kreditlarni rasmiylashtirasiz va o‘z hisob raqamlaringizga kirish huquqini berasiz - aslida esa jinoyatchilarga pul o‘tkazasiz.
Qanday qilib himoyalanish mumkin:
Yodda tuting: MB xodimlari hech qachon fuqarolarga qo‘ng‘iroq qilmaydi, kartalar bo‘yicha mablag‘lar harakatini kuzatmaydi va kreditlarni rasmiylashtirishni talab qilmaydi.
Shunga o‘xshash gaplaholatlar haqida eshitganmisiz? Suhbatni darhol to‘xtating va raqamni bloklang.
Shuningdek:
- Hech qachon birovning iltimosi bilan kredit rasmiylashtirmang.
- Kod va parollarni hech kimga bermang.
- Hech qachon qo‘ng‘iroq qiluvchilarga, ular kim bo‘lishidan qat’i nazar, ma’lumotlaringizni bermang.
Majburiy ijro byurosidan (MIB) SMS va xavfli fayllar
Sxema qanday ish beradi:
Sizga : "Siz MIBdan qarzdorsiz. Tafsilotlar - ilovada", - degan mazmunda xabar keladi. Xabarga .apk kengaytmali fayl biriktirilgan (Androidga o‘rnatish dasturi).
Qayerda pand berildi:
Agar siz faylni ishga tushirsangiz - telefonga virus o‘rnatiladi. U SMS xabarlarni tutib oladi, bank ilovalariga kirish imkonini qo‘lga kiritadi va firibgarlar hisoblaringizdagi barcha pullarni o‘g‘irlaydi.
Qanday qilib himoyalanish mumkin:
- Hech qachon SMS va messenjerlardan, ayniqsa apk fayllarni o‘rnatmang.
- Bunday xabarlarni darhol o‘chirib tashlang.
- Agar fayl o‘rnatilgan bo‘lsa, darhol sozlamalarni zavod sozlamalariga qaytaring.
- Antivirusni albatta o‘rnating va uni yoqib turing.
- Qarzlarni tekshirmoqchimisiz? Buni Davlat xizmatlari portalida rasmiy va xavfsiz amalga oshiring.
Yaqin kishingizning ovoziga o‘xshash tovush: lekin bu u emas
Sxema qanday ish beradi:
Sizga notanish raqamdan qo‘ng‘iroq qilishadi. Boshqa tomonda qizingiz, akangiz yoki do‘stingizning ovozi. U vahima ichida avtohalokatga uchraganini va zudlik bilan pul kerakligini aytadi. Telefoni singani, birovning telefonidan qo‘ng‘iroq qilayotganini aytadi. Ovozni tanib, pul o‘tkazasiz.
Qayerda pand berildi:
Aslida qo‘ng‘iroq qilayotgan yaqin insoningiz emas, balki sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanuvchi firibgar. Bugungi kunda sun’iy intellekt deyarli har qanday odamning ovozini taqlid qilishi mumkin, ayniqsa uning ijtimoiy tarmoqlardagi audio yozuvlari bo‘lsa.
Qanday qilib himoyalanish mumkin:
Mana nimalarga e’tibor berish lozim:
- Qo‘ng‘iroq qiluvchining xatti-harakati odatdagidan keskin farq qiladi (qichqiriq, vahima, bosim).
- Ma’lumot yoki pul berishingizni so‘raydi.
- O‘ylashga vaqt bermaydi, shoshiltiradi.
- Qo‘ng‘iroqda xalaqitlar, buzilishlar, g‘alati shovqinlar eshitiladi.
Nima qilish kerak:
Faqat siz va yaqin kishingiz biladigan narsani so‘rang - firibgarlar bunga javob bera olmaydi. Eng yaxshisi - qo‘ng‘iroqni darhol to‘xtatish va haqiqiy yaqin kishingizning raqamiga qayta qo‘ng‘iroq qilish.
Nimalarni eslab qolish muhim
✅ Hech qachon shaxsiy ma’lumotlaringiz va suratlaringizni begonalarga, hatto ular ishonchli ko‘rinsa ham bera ko‘rmang.
✅ Telefoningizga ayniqsa xabarlardan shubhali fayllarni o‘rnatmang.
✅ Agar kimdir yaqiningiz nomidan qo‘ng‘iroq qilsa, vahimaga tushmang - avval ma’lumotlarni tekshirib ko‘ring.
✅ SMS-kodlar, parollar, PIN-kodlar va karta ma’lumotlarini hech kimga bermang - hatto qo‘ng‘iroq qilayotgan shaxs bank yoki politsiyadan ekanligini aytsa ham.
Hushyor bo‘ling. Bugungi kunda o‘z mablag‘laringizni himoya qilish birinchi navbatda sizning mas’uliyatingizdir.