Disney “Ares”ning muvaffaqiyatsizligidan keyin “Tron”ni davom ettirishdan bosh tortdi


Disney studiyasi “Tron” franshizasining keyingi qismlarini suratga olishdan voz kechishga qaror qildi. Bu haqda The Hollywood Reporter xabar bermoqda.
Bunga sabab Jared Letoning sun’iy intellekt rolidagi “Ares” trilogiyasining kassada muvaffaqiyatsizlikka uchrashi bo‘ldi. Kartina o‘tgan hafta oxirida jahon miqyosida debyut qildi va kamtarona 60 million dollar daromad keltirdi. Filmning byudjeti 180-200 mln. “Nolga chiqish” uchun “Ares” ko‘rsatilgan summadan ikki baravar ko‘p (kamida 360 million dollar) yig‘ishi kerak bo‘ladi.
“Ares” filmida Jeff Bridges, Evan Peters, Greta Li, Gillian Anderson va boshqalar ham rol o‘ynagan. Rejissyor Yoakim Ronning (“Karib dengizi qaroqchilari 5”). Tanqidchilar ham loyihani qo‘llab-quvvatlamadi (Rotten Tomatoes’da 53%).
Birinchi “Tron” 1982-yilda chiqarilgan va xuddi shunday kassada muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Jozef Kosinskiyning “Meros” filmining davomi 2010-yilda boshlangan va 400 million dollar (170 million dollar byudjet bilan) o‘zlashtirgan.