25.08.2025
“Formula-1” 600 million dollar daromad ishlab topdi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Bred Pitt ishtirokidagi “Formula-1” poyga blokbasteri jahon prokatida 603 million dollarlik kassa yig‘imini bosib o‘tdi.
AQSHda film 185 million dollar, xalqaro hududlarda esa 417,5 million dollar daromad keltirdi. Bu Apple Studios liniyasidagi eng yuqori daromadli loyiha va Pittning yakkaxon karyerasidagi eng katta muvaffaqiyatga erishgan filmi bo‘ldi.
Film o‘tgan hafta internet tarmoqlarida paydo bo‘ldi. Syujet “Formula-1”ning sobiq ishtirokchisi Sonni Xeys (Pitt) haqida bo‘lib, u yosh poygachi Joshua Pirs (Demson Idris)ning ustozi va hamkasbiga aylanadi.
Filmga Jozef Kosinski (“Top Gan: Meverik”) rejissyorlik qilgan.