18.08.2025
Frodo yangi “Uzuklar hukmdori” filmida qaytadi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Hobbit Frodo “Uzuklar hukmdori” franshizasining keyingi “Gollum ovi” filmida paydo bo‘ladi. Bu haqda Gendalf rolini ijro etgan Ien MakKellen ma’lum qildi.
MakKellen, shuningdek, “Ov” filmining suratga olish ishlari 2026-yil may oyida boshlanishini qo‘shimcha qildi. Filmni Endi Serkis rejissyorlik qiladi va u Gollum rolini ham ijro etadi.
Piter Jeksonning trilogiyasida (2001-2003) Frodo rolini Elaydja Vud o‘ynagan edi.
Aktyor yangi loyihaga qaytishi aniq tasdiqlanmagan. Warner Bros. kompaniyasi “Gollum ovi” filmini 2027-yil 17-dekabrda xorijiy kinoteatrlarda namoyishga chiqaradi.