05.09.2025
O'zbekistonda dam olish kunlari: 5–7-sentyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?


Muallif
Shohzamon Shuhratov
“O‘zgidromet” 5–7-sentyabr kunlari respublika hududida qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.
5–7-sentyabr kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha asosan kam bulutli va o‘rtacha issiq ob-havo saqlanib turadi, deya xabar berdi O‘zgidromet matbuot xizmati.
Havo harorati kunduzi 30-35°, ba’zi joylarda 37° gacha, kechasi va ertalab 17-22° bo‘ladi. 5-6 sentyabrda respublikaning ayrim joylarida chang-to‘zonlar bilan shamol 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Toshkent shahrida: kam bulutli. Shamol sharqdan 3-6 m/s tezlikda esadi, 5 sentyabrda ba’zi joylarda 8-10 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat asosan kechasi 18-20° bo‘ladi.