“Grenlandiya” – 2020-yilgi jangari filmni bepul tomosha qilish


“Grenlandiya” – 2020-yilda chiqqan Jerard Batler bosh rolni ijro etgan falokat haqida film. Film ajrashish yoqasida turgan er-xotin haqida hikoya qiladi. Ular o‘zaro kelishmovchiliklarini unutib, hayotlari xavf ostida ekanligini anglab, birlashishlari kerak bo‘ladi. Chunki Yer sayyorasiga kelayotgan kometa butun odamzot hayotiga tahdid solmoqda. Filmning syujeti, aktyorlar tarkibi va “Grenlandiya” filmini qayerda bepul tomosha qilish mumkinligi haqida to‘liq ma’lumotlar bilan tanishing.
“Grenlandiya” (2020) syujeti
Dunyo OAVlari Yerga kometa yaqinlashayotgani haqida bong urmoqda. Ammo qurilish muhandisi Jon esa o‘zining buzilib borayotgan oilasi haqida o‘ylaydi. Oilaviy muammolarga qaramasdan, Jon va uning rafiqasi qo‘shnilar bilan birga ziyofat uyushtirishga qaror qiladi. Jon oziq-ovqat xarid qilish uchun supermarketga borganida, prezidentdan xabar oladi. Ma’lum bo‘lishicha, aynan u va uning oilasi xavfdan himoyalanish uchun maxfiy bunkerlarga yuboriladigan “tanlanganlar” qatoriga kiradi.

Dastlab, Jon bu xabarga ishonmaydi va unga ahamiyat bermaydi. Lekin kometa bo‘laklari Yer bilan to‘qnashganda kelgan zarba to‘lqini shaharga yetib keladi. Televizorda dahshatli manzaralarni ko‘rgach, Jon nima bo‘layotganini anglaydi va o‘z oilasini qutqarish uchun kurasha boshlaydi.
“Grenlandiya” filmi aktyorlari
Jerard Batler
Morena Bakkarin
Devid Denman
Houp Devis
Rodjer Deyl Floyd
Endryu Bechelor
Merrin Dangi

Xolt MakKellani
Skott Glenn

“Grenlandiya” treyleri
“Grenlandiya” filmini onlayn tomosha qilish
TelecomTV veb-saytida tomosha qiling. Tugmani bosing va 7 kun davomida bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
