Turk aktyorlari: eng mashhur, boy va haddan tashqari kelishgan aktyorlar TOP 5 taligi


Bu ko‘rkam aktyorlar Gollivud yulduzlari: Bred Pittdan Timoti Shalamegacha bo‘lgan aktyorlar bilan sex-simvol maqomi uchun bemalol bellasha oladi. 2025-yilda Turkiyaning eng mashhur aktyorlarini to‘pladik. Ularning juftlariga havas qilgan holda, ular bilan tanishib chiqamiz.
Eng mashhur va kelishgan turk erkak aktyorlari
Burak Ozchivit

Eng chiroyli turk aktyorlarining ro‘yxatini Turkiyaning Jorj Kluni versiyasi – Burak Ozchivit ochib beradi. Burak Ozchivit yillar o‘tishi bilan yanada jozibador bo‘lib bormoqda. Ko‘pchilik u bu darajaga yetishi uchun anchagina mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tganini bilmaydi. Aktyorlik fakultetini tamomlaganidan keyin u san’at sohasida o‘z o‘rnini topa olmadi va modellik bilan shug‘ullanishga qaror qildi. Bunda uning tashqi ko‘rinishi katta yordam berdi! Burak 2003-yilda “Turkiyaning eng yaxshi modeli” tanlovida g‘olib bo‘ldi va shu orqali mashhurlikka erishdi.
Uning kino olamidagi debyuti esa uch yil o‘tib – 2006-yilda “Minus 18” trillerida komissar rolida sodir bo‘ldi. 2012-yilda “Muhtasham yuz yil” serialidagi jasur Bali-bey roli unga haqiqiy shon-shuhrat olib keldi. Keyinchalik “Choliqushi” va “Sevgi iztirobi” seriallari Burakka butun dunyo bo‘ylab muxlislar orttirishiga yordam berdi.

Shuningdek, aktyorning shaxsiy hayoti ham baxtli kechmoqda. Burak Ozchivit aktrisa Fahriye Evjen bilan suratga olish maydonchasida tanishib, 2017-yilda Istanbuldagi Said Halim Pasha villasida turmush qurgan. Bugungi kunda ular Turkiyaning eng mustahkam mashhur juftliklaridan biri bo‘lib, ikki farzandni tarbiyalashmoqda.
Kivanch Tatlitug

Sportchi tashqi ko‘rinishiga ega bo‘lgan bu aktyorga basketbolchi bo‘lish bashorat qilingan edi, biroq og‘ir jarohat uning sportdagi faoliyatiga nuqta qo‘ydi. Keyin esa uni model agentlari ishga taklif qilishdi va Kivanch moda olamining eng ko‘zga ko‘ringan yulduziga aylanib, mashhur jurnal muqovalarida paydo bo‘la boshladi. Bundan ortiq baxt bormi? Ammo bu ham unga yetarli bo‘lmadi! U kinoga o‘tishga qaror qilib, teatr aktyorligi kurslarini tamomladi va “Qora dengizdagi amerikaliklar 2” filmida rol o‘ynadi.
Uning mashhurlik yo‘li Alusht va Santkt-Peterburga suratga olingan “Kurt Seyit va Aleksandra” seriali, “To‘qnashuv” kabi dramasi va “Oltin Kapalak” mukofoti bilan mustahkamlandi. 2023-yilda aktyor “Oila” serialida mafiya merosxo‘ri rolini ijro etdi, bu esa yana katta shov-shuvga sabab bo‘ldi.

Hozirda Kivanch faol suratga tushib, ijtimoiy tarmoqlarda muxlislarining e’tiborini tortib, vintaj avtomobillarni yig‘ish bilan shug‘ullanadi. U stilist Bashak Dizer bilan turmush qurgan. Muxlisalar ularning orasidagi 6 yosh farq va Bashakning ortiqcha oddiy ko‘rinishi tufayli ularni tanqid qilsa-da, juftlik 10 yildan beri baxtli yashab, o‘g‘il farzandlarini tarbiyalamoqda.
Mert Ramazon Demir

“Zimorodok” serialining yulduzi karyerasini noldan, to‘g‘rirog‘i – ommaviy sahnalardagi epizodik rollardan boshlagan. “Unga Muhtasham yuz yil. Kyosem imperiyasi” va “Ba’zan hayot go‘zal” seriallaridagi epizodik rollar unga tajriba orttirishiga, kerakli taniqli insonlar bilan tanishish va prodyuserlar ko‘ziga tushishiga yordam berdi. Uning yoqimli tashqi ko‘rinishi va jozibasi ham bu borada katta rol o‘ynadi. Barchasiga qo‘shimcha tarzda aktyorning mehnatsevarligi va uddaburonligi uning hozirgi mavqeiga erishishida yordam berdi.
“Zimorodok” yoki “Qo‘rg‘on sirlari”ni TelecomTV veb-saytida tomosha qiling. Tugmani bosing va 7 kun davomida bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.

Mert o‘zining kuchli xarakteriga qaramay, shirinliklarga zaif. U bir intervyusida muzqaymoq va turk rahat-lukum uning eng sevimli yeguliklari ekanini aytgan. Biroq shirinliklarga bo‘lgan muhabbatini sport bilan muvozanatlashtirish uchun u boks va suzish bilan shug‘ullanadi.

Uning eng mashhur romantik munosabatlari “Zimorodok” seriali paytida aktrisa Afra Sarachoglu bilan bog‘liq bo‘ldi. Muxlislar ularni eng jozibador juftlik deb bilgan, biroq so‘nggi paytlarda ularni birga ko‘rish qiyin bo‘lib qoldi. Mish-mishlarga ko‘ra, bu munosabatlar faqat serialning reklama kampaniyasi edi.
Kerem Byursin

Kerem Byursin – kelishgan erkaklar va turk kinosining haqiqiy fenomeni. “Eshigimni taqillat” seriali chiqqandan so‘ng, Kerem – arxitektor Serkan Bolat butun dunyodagi ayollarning qalbini zabt etdi.
“Eshigimni taqillat”ni TelecomTV veb-saytida tomosha qiling. Tugmani bosing va 7 kun davomida bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.

Aktyor o‘z qahramonidan farqli o‘laroq, otasining biznesini davom ettirishdan bosh tortdi va aktyorlik kasbini tanladi. U AQShda aktyorlik bo‘yicha tahsil olib, Karolin Pikman va Erik Morris kurslarida o‘qidi. Biroq Gollivud uni kutib olmadi va faqat reklama roliklari hamda bir kunlik seriallarda kichik rollarga ega bo‘ldi.
Bu muvaffaqiyatsizlik uni sindirmadi. U Turkiyaga qaytib, “Quyoshni kutib” serialida rol o‘ynadi. Uning eng so‘nggi loyihalaridan biri esa Rossiyaning “Xolop” filmining turkcha versiyasidir.

Kerem Turkiyaning eng go‘zal aktrisalaridan Hande Erchel va Serenay Sarikay bilan uchrashgan. Hozircha u hali turmush qurmagan va eng mashhur bo‘ydoqlar ro‘yxatiga kiradi.
Barish Kilich

“Qizil sharbat” seriali yulduzi o‘z faoliyatini Kerem Byursin kabi chips reklamalarida boshlagan, bu vaqtda u Turkiyada talabalik davrini surgan vaqtlar edi. Keyin esa “Mening bolalarim” melodramasi va boshqa bir necha seriallarda suratga tushdi. Uning ulkan muvaffaqiyatga erishishiga “Taqiqlangan meva” seriali yordam berdi. Shuningdek unga mashhur bo‘lishiga “Turmush haqida” deb nomlangan loyiha yordam berib, uning nafaqat kelishgan, balki iqtidorli aktyor ekanligini ham isbotladi.
“Qizil sharbat”ni TelecomTV veb-saytida tomosha qiling. Tugmani bosing va 7 kun davomida bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.

Aktor 2006-yildan beri turmush qurgan va, ajablanarlisi, uning rafiqasi kino va shou-biznesdan yiroq – Ayshegyul Akmedir turistik agentlikda ishlaydi va ikki o‘g‘ilning baxtli onasi. Kilich ham oilasini juda qadrlaydigan va turmush o‘rtog‘iga sodiq inson.

Uning sex-simvol maqomiga qanday munosabatda bo‘lishi haqida so‘raganlarida, u buni kulib qarshi olishini va bu unvon uni qiziqtirmasligini aytadi. U oilasini ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarning haddan tashqari e’tiboridan himoya qilishga harakat qiladi. Shuning uchun ham oilasi haqida juda kam gapiradi va Instagramda ularning surati bilan ham kam bo‘lishadi.
Eng chiroyli turk aktrisalari ro‘yxatini esa bu yerdan topishingiz mumkin!