20.03.2025
Toshkentda oziq-ovqat mahsulotlari arzonlashtirilgan bayram yarmarkalari ochildi — manzillar


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Shaharning har bir tumanida yarmarkalar ochildi.
Toshkentda oziq-ovqat bozorlarida chegirmali bayram yarmarkalari ochilmoqda, deya xabar bermoqda poytaxt hokimligi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hokimliklar tashabbusi bilan 100 turdan ortiq sifatli oziq-ovqat mahsulotlarini hamyonbop narxlarda sotish yo‘lga qo‘yilgan.
Poytaxt hokimligi aholi va mehmonlarni yarmarkalarga tashrif buyurishga, yangi, sifatli mahsulotlarni qulay narxlarda quyidagi bozorlardan xarid qilishga taklif qildi:
- Bektemir tumani – “Qo‘yliq dehqon bozori” AJ;
- Mirobod tumani – “Mirobod dehqon bozori” AJ;
- Mirzo Ulug‘bek tumani – “Navro‘z dehqon bozori” AJ;
- Sergeli tumani – “Sergeli dehqon bozori” AJ;
- Olmazor tumani - “Qora Qamish dehqon bozori” AJ;
- Uchtepin tumani – “Farhod dehqon bozori” AJ;
- Shayxontoxur tumani – “Eski Juva dehqon bozori” AJ;
- Yashnobod tumani – “Aviasozlar dehqon bozori” AJ;
- Yunusobod tumani – “Yunusobod dehqon bozori” AJ va “Oloy dehqon bozori” AJ;
- Yakkasaroy tumani – “Askiya dehqon bozori” AJ;
- Chilonzor tumani - “Chilonzor dehqon bozori” AJ.