Havo ochiq, ammo juda sovuq: O‘zbekistonda haftalik ob-havo haqida aytib beramiz va har kun uchun 7 ta obraz ko‘rsatamiz
Dekabr oyining ikkinchi haftasi bizni nafaqat 2025-yil Yangi yilga, balki minus haroratli ob-havoga ham yaqinlashtirmoqda. Hafta boshida O’zbekistonda sovuq hukmronlik qiladi, biroq quyosh va go‘zal tabiat ham ko‘zni quvontiradi. Taxminlarga koʻra, dushanba kuni kayfiyat ob-havodagi kabi tiniq va tushunarli boʻladi. Lekin issiqroq kiyinishni unutmang. “O‘zgidromet”dan haftalik ob-havo prognozi, shuningdek, Mashaning “Bershka” va “Stradivarius” obrazlari havolalari ham allaqachon taqdim etildi.
Toshkentda haftalik ob-havo: 9-15 dekabr
9-dekabr
Yuqorida aytilganidek, dushanba kuni Toshkentda ob-havo quyoshli, ammo sovuq bo‘ladi. Kunduzi -1, kechasi esa -6 daraja bolishi kutilmoqda. Hozirda Mashaning kabi jun palto va sviterni sharfdek o‘rash vaqti keldi.
Mashaning obrazi:
10-dekabr
Sovuqlar festivali seshanba kuni ham davom etadi – poytaxtda havo harorati kunduzi -1, kechqurun -4. Tun bo‘yi koʻchada boʻlmasangiz, tashqarida uncha sovuq qotmaysiz, ammo kechasi yana -6 daraja sovuq bo‘lishi kutilmoqda. Hozirda trendda bo‘lgan polushubangiz boʻlsa, sovuq qotmaysiz.
Mashaning obrazi:
11-dekabr
Hafta oʻrtasida “Oʻzgidromet” bizga birinchi iliqlikni vaʼda qiladi: muzli havo yo‘q, harorat esa +1..+3 darajagacha koʻtarilib, quyosh charaqlaydi. Lekin kechqurun -2 darajali harorat barchamizni kutib turadi. Mashani sovuqdan ekologik charm yubka va to‘qilgan sviter qutqaradi.
Mashaning obrazi:
12-dekabr
Payshanba kuni havo ochiq, shamolsiz va yomgʻirsiz boʻlib, kunduzi +6 daraja iliq boʻladi. Kechasi esa termometrda yoqimsiz 0 darajani koʻrishimiz mumkin. Yaxshisi, uyda oʻtirib, Yangi yil bayrami libosi – baxmal koʻylakni kiyib koʻrganingiz ma’qul.
Mashaning obrazi:
13-dekabr
Juma kuni tashqarida havo bulutli boʻladi. Ammo bu kayfiyatni buzmasligi kerak, chunki oʻzingizni restoran, kafe yoki boshqa koʻngilochar joyga taklif qilish uchun bahona bor. Ko’chada +8 kunduzi va +5 kechqurun ekanini yodda tutib, chiroyli kiyinib aylanishga chiqing.
Mashaning obrazi:
14-dekabr
Bu haftaning shanbasi yomgʻirli boʻladi: tashqarida yomgʻir va +7 daraja iliq. Uyda qolish yoki mehmonga borish maqsadga muvofiq. Uyga qaytishda esa Yandex taksi xizmatidan foydalaning (yengil kiyinishingiz mumkin) – ammo tashqarida yoz emas, yomgʻir qor bilan va +3 daraja sovuq ekanligini unutmang.
Mashaning obrazi:
15-dekabr
Yakshanba kuni havo bulutli boʻladi, ammo yogʻingarchilik boʻlmaydi. Kunduzi doimiy boʻlib qolgan +4 daraja iliqlik, kechqurun esa -1 daraja sovuq boʻladi. Kechasi yana -5 daraja kutilmoqda. Agar koʻchaga chiqmoqchi boʻlsangiz, Mashaning kabi issiq shim va zipli sviter kiyish kerak.
Mashaning obrazi: