верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Holand avtoparkini yana bir qimmatbaho mashina bilan boyitdi
15.05.2025

Holand avtoparkini yana bir qimmatbaho mashina bilan boyitdi

Holand avtoparkini yana bir qimmatbaho mashina bilan boyitdi

“Manchester Siti” hujumchisi Holand o‘zining hashamatli avtomobillar kolleksiyasini yana bir noodatiy model bilan boyitdi. Norvegiyalik yulduz bu gal 320 ming funt sterling (taxminan 375 ming yevro) qiymatga ega sariq rangli Ferrari xarid qilgan.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

Holand ilgari ham mashhur avtomobil brendlariga bo‘lgan qiziqishi bilan e’tibor markazida bo‘lgan. Ayni paytda uning garajida Bugatti, Mercedes AMG va Rolls-Royce kabi qimmatbaho mashinalar mavjud.

Erling oldin ham Ferrari sotib olgan, faqat uning modeli boshqa. Ya’ni bungacha hujumchi Ferrari 812 Superfast Blue mashinasiga egalik qilar edi  va u hali ham futbolchining garajida turibdi. Endi esa avtomobillar qatoriga noodatiy, sariq rangli superkar ham qo‘shildi.

Eslatib o‘tamiz, Holand 2022-yildan buyon “Manchester Siti” safida to‘p surmoqda. Joriy mavsum futbolchi “shaharliklar” tarkibida 41 uchrashuvda maydonga tushib, 30 gol hamda 4 assist muallifiga aylangan. Uning klub bilan shartnomasi 2035-yilga qadar amal qiladi. Transfermarkt portali hujumchining qiymatini 200 million yevroga baholagan. 

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.