Hozir futbolda kim kuchliroq: Abbosbek Fayzullayev O‘zbekiston va Rossiyani taqqosladi


Fayzullayevning fikricha, O‘zbekiston hozir futbolda Rossiyadan kuchliroq.
O‘zbekistonlik futbolchi, hozirda Moskva klubida to‘p surayotgan Abbosbek Fayzullayevga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi Rossiyani mag‘lub etgan bo‘lardi.
Moskvaning “SSKA” klubi yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayevning fikricha, O‘zbekiston hozir futbolda Rossiyadan kuchliroq. Uning so‘zlarini Sports.ru nashri keltirmoqda.
21 yoshli futbolchining fikricha, hozirda O‘zbekistonda futbolchilarning eng kuchli avlodlaridan biri bor. Uning ta’kidlashicha, Rossiya terma jamoasi ham kuchli tarkibga ega.
“O‘ylaymanki, agar Rossiya xalqaro maydonga qaytarilsa, terma jamoa har doim kurashadi”, — deya qo‘shimcha qildi o‘zbekistonlik.
Fayzullayevdan o‘zaro o‘yinda qaysi terma jamoada g‘alaba qozonish imkoniyati ko‘proq ekani so‘raldi.
“Men har doim vatanim tarafdoriman. Men uchun O‘zbekiston Rossiyani mag‘lub etgan bo‘lardi”, — dedi futbolchi.