Ikkinchi “Betmen” ssenariysi rasman yakunlandi


"Betmen" kinokomiksi muallifi Mett Rivz ikkinchi qism ssenariysi ustidagi ishlar yakunlanganini ma’lum qildi.
Yana bir ssenariy muallifi Mettson Tomlin ("Terminator Zero") edi. Ijtimoiy tarmoqqa yozgan izohida Rivz filmda Betmenning asosiy sherigi Robin qahramoni paydo bo‘lishi mumkinligiga ishora qildi.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Filmdagi rollarga Robert Pattinson (Betmen), Zoi Kravits (mushuk ayol), Kolin Farrell (Pingvin) va boshqalar qaytishi kutilmoqda. Davomi 2027-yil 1-oktyabrda chiqishi rejalashtirilgan.
DC Comics rahbari Jeyms Gunn avvalroq ikkinchi qismni suratga olish bekor qilinganini rad etgan edi:
"Hech narsa bekor qilinmagan. Bizda ssenariy yo‘q. Mett imillaydi. Shoshilmasin. Nima qilish kerak bo‘lsa, qilaversin. Xudoyim, odamlar juda yovuz. Uni o‘z ishi bilan shug‘ullanishiga qo‘yib ber, Rabbim."
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, suratga olish ishlari taxminan 2026-yil mart oyida boshlanadi. Birinchi "Betmen" 2022-yilda chiqdi va dunyo bo‘ylab 722 million dollar ishlab topdi.