iPhone 17 Pro Max haqida yangi maʼlumotlar paydo boʻldi
Tahlilchi Jeff Pyu maʼlumotlariga asoslanib, MacRumors manbasi xabar berishicha, keyingi yili Appleʼning eng yuqori darajadagi smartfoni ekranida kichikroq kesma boʻladi. Uning aytishicha, Dynamic Island hajmi kichrayadi.
Oʻzgarish iPhone 17 Pro Maxʼga tegishli boʻladi: Apple Face ID yuzni tanib olish tizimi uchun “metalinzalar”ni moslashtirmoqda, bu esa “orolcha”ni kichraytirish imkonini beradi. Biroq bu iPhone 17 Pro va oddiy iPhone 17ʼga taʼsir qilmaydi - yangilik faqat Max versiyasida boʻladi.
Dynamic Island birinchi marta 2022-yilda iPhone 14 Proʼda paydo boʻlgan edi, keyinchalik kompaniya oddiy iPhone 15ʼda “qoshcha”dan voz kechdi.
iPhone 17 seriyasi kelasi yil kuzida taqdim etiladi. Shu bilan birga, kompaniya yangi model - yupqaroq korpus va oʻzgacha dizaynga ega boʻlgan iPhone 17 Air/Slimʼni ham namoyish qilishi kutilmoqda.