1
РУ
O’Z
UZS
/
/
Snoop Dogg Telegram messenjeri haqida klip chiqardi
13.07.2025

Snoop Dogg Telegram messenjeri haqida klip chiqardi

Snoop Dogg Telegram messenjeri haqida klip chiqardi

Snoop Dogg Telegram’dagi sovg‘alarga bag‘ishlangan “Gifts” klipini chiqardi. Qoʻshiq musiqasida messenjer tovushlari, masalan, yangi xabar yoki kiruvchi qo‘ng‘iroq ovozi ishlatilgan.

Trek matnida Telegram va uning yaratuvchisiga havolalar bor. Masalan, Pavel Durovning 100 nafar farzandi haqida soʻz boradi. Unda, shuningdek, 2018-yilda Rossiyada Telegram bloklanishiga qarshi mitinglar chog‘ida ishlatilgan “Digital resistance” (“Raqamli qarshilik”) iborasi ham tilga olingan.

Rolikda reper bilan hamkorlikda yaratilgan NFT sovg‘alar kolleksiyasi namoyish etilgan.

May oyi boshida Snoop Dogg Telegramda kanal ochgandi. Avvalroq reper Pavel Durovni bola “yasashni” to‘xtatishga chaqirgan edi. “Sen farzandli boʻlmayapsan, balki butun boshli kuchukchalarni ko‘paytiryapsan. 

Biroz toʻxta”, — deydi qoʻshiqchi. Telegram asoschisi esa “doggni tushunish uchun o‘zing dogg bo‘lishing kerak”, — deb javob bergan va repper bilan Telegramda muloqotni davom ettirishni taklif qilgan.

 

Bu qiziq

Mavsumni qo‘ldan boy bermang
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.