Josh Hartnett Netflix’ning yangi fantastik serialida baliqchi rolini o‘ynaydi


"Perl-Xarbor" yulduzi Josh Xartnett Netflix striming xizmatining yangi shousini boshqaradi. Nomsiz loyiha Kanadaning Nyufaundlend orolida suratga olinadi.
Mini-serial syujeti ham Nyufaundlend hududida bo‘lib o‘tadi. Syujetga ko‘ra, oroldagi kichik shaharcha aholisiga dengiz maxluqi hujum qila boshlaydi. Baliqchi (Xartnett) o‘z oilasi va mahalliy aholini himoya qilish uchun hamma narsaga tayyor.
Hammasi bo‘lib oltita qism rejalashtirilgan. Muallif Jessi MakKiun ("Ambrell akademiyasi"). Prodyuserlardan biri Jessika Rods ("Qora ko‘zgu") hisoblanadi. Reliz sanasi noma’lum.
Hartnett yaqinda "Reys naviylet" jangovar filmida rol o‘ynagan. 2026-yilda u bilan "Veritining sirli kundaligi" trilleri chiqadi.