Yangi “Garri Potter” seriali suratga olinishi boshlandi


HBO “Garri Potter” serialining birinchi mavsumini rasman ishlab chiqarishga kirishdi. Shou 2027-yilda televideniyeda namoyish etiladi.
Shuningdek, Potter rolida Dominik Maklaflinning birinchi ko‘rinishi e’lon qilindi.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Aktyorlar tarkibi quyidagicha shakllandi: Arabella Stenton (Germiona Grenjer), Alaster Staut (Ron Uizli), Jon Litgou (Albus Dambldor), Janet MakTir (Minerva Makgonagall), Paapa Essedu (Severus Sneyp) va boshqalar.
Birinchi mavsum “Falsafa toshi” asosida suratga olinadi. Serial ijodkorlari “Merosxo‘rlar” filmi muallifi Francheska Gardiner va “Menyu” filmi rejissyori Mark Maylod hisoblanadi.