Keyt Blanshett yangi Searchlight filmida folbin rolini ijro etadi


“Oskar” sovrindori Keyt Blanshett Searchlight Pictures kompaniyasining yangi “Sweetsick” loyihasida bosh rolni o‘ynaydi. Bu haqda Deadline nashrida xabar berildi.
Film syujeti odamlarning haqiqiy istaklarini ko‘ra oladigan ayol haqida hikoya qiladi. Bosh qahramon vataniga mashaqqatli sayohatga yo‘l oladi.
Kartina britaniyalik ssenariynavis Elis Byorchning (“Normal odamlar”, “Ledi Makbet”) rejissyorlik debyuti bo‘ladi. Blanshett filmni ishlab chiqarish jarayonida ham ishtirok etadi. Suratga olish ishlari kuz faslida Buyuk Britaniya va Gretsiyada boshlanadi.
Blanshett yaqinda Stiven Soderbergning “Qora qop” trillerida va Jim Jarmushning “Ota, ona, singil, aka” triptigida rol ijro etgan. Keyingi asar Venetsiya kinofestivalining “Oltin sher” mukofotini qo‘lga kiritgan.