РУ
O’Z
UZS
/
/
Linkin Park o‘tgan yetti yil ichida birinchi albomini chiqardi. Guruhning From Zero muhim plastinkasi uchun taqriz
18.11.2024 (yangilandi 19.11.2024)

Linkin Park o‘tgan yetti yil ichida birinchi albomini chiqardi. Guruhning From Zero muhim plastinkasi uchun taqriz

Linkin Park o‘tgan yetti yil ichida birinchi albomini chiqardi. Guruhning From Zero muhim plastinkasi uchun taqriz

Linkin Parkning “From Zero” yangi albomining nomi g‘alati: jamoa “noldan” musiqa yozish o‘rniga oldingi albomlardagi xitlarga havolalar bilan batafsil aks ettirilgan o‘nta qo‘shiqni chiqardi. Ammo buni minus deb atash qiyin – bu balki jamoaning qaytishidan keyingi birinchi albomi va muxlislarning kayfiyatini sinchkovlik bilan tekshirish bo‘lishi mumkin va Mayk Shinodning yanada keskin tajribalarini kelgusiga qoldirdi. Nima bo‘lganda ham, Linkin Park yana qaytdi - bu musiqa olamidagi yilning eng muhim voqealaridan biri hisoblanadi. Toping.uz albomni tingladi va o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Linkin Park unchalik ham mashhur bo‘lmagan Dead Sara guruhining xonandasi Emili Armstrong bilan shartnoma imzolashda qanday tavakkal qilganini tasavvur etish mumkin. Ammo bu yangilanishning mumkin bo‘lgan yagona varianti edi: erkak solistni tanlash Chester Bennington bilan cheksiz taqqoslashga olib kelgan bo‘lardi.

Mikrofonni Emili qo‘liga berib, Linkin Park xonandalar qarama-qarshiligini kamaytirishga harakat qilgan - ularni haqiqatan ham tartiblash mushkul. Ha, yangi tarkibdagi ilk konsertlar Armstrong o‘tgan yillardagi murakkab xitlar - Faint, Crawling, One Step Closerni qiyinchilik bilan ijro etayotganini namoyon qildi. Shunday bo‘lsa-da, yangi albomning birinchi singli umid uyg‘otardi - qo‘shiq Chester emas, balki Emili uchun yaratilganligi darhol ko‘zga tashlanadi.

The Emptiness Machine albomni ochib, Linkin Park nima sababdan ommani aynan shu trek orqali yangi material bilan tanishtirishni boshlagani tushunarli bo‘ladi. Kuchli va boy kompozitsiya Armstrongning o‘zi tomonidan uni muxlislar tanqid qilishini oldindan ko‘rgandek go‘yo: “Men buning oxiri nima bilan tugashini aniq bilaman - shuning uchun meni fosh qilishlariga ruxsat beraman”; “Ega bo‘la olmasligimga nima uchun umid qilayotganimni o‘zim ham bilmayman”; “Siz meni qanday siymoda ko‘rmoqchi bo‘lgan narsaga o‘zimni baxsh etaman”.  Shubhasiz, har bir qo‘shiq insonlarda turlicha jaranglaydi, ammo shuni ta’kidlash kerakki, umuman guruh va Emilining o‘zi ham ommani holat qarshisida qo‘yadi - eski muxlislar bizni qanday qabul qilishini juda yaxshi tushunamiz, lekin biz baribir urinib ko‘ramiz.

 Ko‘rinib turibdiki, Linkin Park singllarni chiqarish ketma-ketligiga sinchkovlik bilan yondashgan. Shu jumladan Mayk Shinodaning laparlari tufayli The Emptiness Machine ortidan guruh Heavy is the Crown - Faintga havolalarni o‘z ichiga olgan dastlabki albomlar ruhidagi yana bir shov-shuvli trekni chiqardi. Bu yerda ham - Chester va Emili o‘rtasidagi taqqoslashga nisbatan ancha shaffof ishora mavjud: trekda Armstrongning “This is what you asked for” misrasidagi cho‘ziq skrimi uchrab, bu “Given Up” qo‘shig‘iga yaqqol ta’sirdir, unda Bennington ham taxminan 17 soniya davomida “misery” so‘zini cho‘zib aytgan. Emili o‘z imkoniyatlarini aynan “Siz axir buni kechirdingiz-ku” iborasida namoyon etadi – bu ramziy ma’noga ega.

Masala xonanda tig‘iz jadvalda konsertlarni sifatli ijro eta oladimi yoki yo‘qligida. Hatto Heavy is the Crown premyerasida ham qo‘shiq oxirida uning ovozi qanchalik o‘zgargani bilinadi va bu tovush paychalari uchun ham yaxshi emas. Ammo hozir biz From Zero va ovoz yozish jarayonlari haqida so‘zlayapmiz, demakki, o‘z-o‘zidan vokalga nisbatan hech qanday e’tiroz bo‘lmaydi.

 

Deyarli barcha qo‘shiqlar u yoki bu darajada Linkin Parkning ramziy kompozitsiyalariga o‘xshaydi. Cut the Bridge qo‘shig‘ining naqoratida Bleed It Outga nisbatan ishorani sezmaslik mumkin emas, Over Each Other ashulasi esa murakkab munosabatlar va tushunmovchiliklar haqida - bu allaqachon One More Light ruhida, Chesterning azoblanishiga sabab bo‘lgan (ehtimol, uni butunlay xarob qilgan) Linkin Parkning eng munozarali albomi.

Nisbatan xotirjam Over Each Other ko‘rinishidagi kichik tanaffus plastinkaning eng og‘ir kompozitsiyasi - Casualty bilan almashtiriladi. Trek bus safar “meni tinch qo‘y, ozod et, men sening barcha sirlaringni bilaman va sening qurboning bo‘lmayman” mazmunidagi  nosog‘lom munosabatlar mavzusini ko‘taradi. Shunga o‘xshash yo‘nalish IGYEIH (I Gave You Everything I Have – “Men senga hamma narsani berdim”)da ham kuzatiladi, unda Emili “o‘z xatolarini tan olmagan iblisga” murojaat qiladi.

Albom musiqachilarning Chester Benningtonning o‘limidan keyingi nafis va ohista “Good Things Go” treki bilan yakunlanadi, bu yerda Chester Benningtonning o‘limidan so‘ng endi o‘zlariga kelgan musiqachilarning yetti yillik kayfiyati his qilinadi: “Boshimda yuzlab kunlarning jalasi; ko‘zguga qarayman va boshqa chehrani ko‘raman; ko‘zlarimdan nur qidiraman – lekin unda bo‘shliq”. Va yana Linkin Parkning asosiy xitlaridan biri - Crawling trekiga havola paydo bo‘ladi: “Only you could save me from my lack of self-control” (“Faqat sen meni o‘z-o‘zini nazorat qilish yetishmasligidan qutqara olasan”) satri go‘yo “This lack of self-control I fear is never-ending” (“O‘z-o‘zini nazorat qilish yetishmasligi hech qachon o‘tib ketmaydi, deb  qo‘rqaman”)ga qarama-qarshi qo‘yiladi. Aynan Good Things Go Mayk va Emili duetining kuchini musiqachilar nafaqat Heavy is the Crown kabi jangari qo‘shiqlarda, “Mayk laparlarni o‘qishi, Emilining naqoratlarga mubtalo bo‘lishi”ga odatdagidek bo‘lingan holda, balki me’yordagi teran kompozitsiyalarda juda ham yaxshi namoyish qiladi.

***

From Zero juda sifatli va rang-barang ko‘rinish kasb etdi. “Chester Bennington davri” kompozitsiyalariga nisbatan ko‘plab havolalar - kreativlik yetishmasligidan emas, balki marhum frontmenga, nolinchi davrning bosh rok guruhlaridan biri sifatidagi merosiga, eski muxlislariga ham hurmatdir. Yangi albomda guruh o‘z uslubini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi: drayvli va esda qolarli ohanglar, bir-biriga o‘xshamaydigan qo‘shiqlar - va shu bilan birga, ulаrning har birida Linkin Park qaydi yaqqol seziladi. Garchi ba’zi treklar yaxshi esda qolmasa-da (Overflow, Stained), bu ko‘proq shaxsiy afzalliklar masalasiga tegishlidir.

Ehtimol, ashaddiy muxlislar Emilini ham, From Zeroni ham tan olmasliklari mumkin. Ammo, birinchidan, buni hech narsa qilib bo‘lmaydi, ikkinchidan esa, guruh bosim va tanqidga bardosh bera bildi. Linkin Parkning yetti yillik sukunati ichida zamon o‘zgardi - va tabiiyki, bu bilan guruh ham o‘zgardi. Va u yangi voqelikda ham o‘z uslubiga egaligi bizni faqat xursand qiladi.