12.07.2025
Lola o‘zining "O‘zicha" nomli klipini vanihoyat e’lon qildi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Xonanda Lola o‘zining “O‘zicha” nomli yangi qo‘shig‘i va unga tayyorlangan videoklipini ommaga taqdim etdi. Ushbu asar nomi san’atkor tomonidan ilgari ham bir necha bor tilga olingan edi.
Klip syujetida noodatiy obrazlar, g‘ayrioddiy liboslar va raqs sahnalari alohida e’tiborni tortadi. Qo‘shiqning so‘zlarida esa, go‘yoki har bir inson bir xil orzular va niyatlar bilan yashayotgani haqida fikr yuritiladi.
Shu bilan birga, Lola joriy yilning 26-sentyabridan 30-sentyabrgacha “Xalqlar do‘stligi” saroyida “O‘zicha” deb nomlangan konsert dasturini ham taqdim etishi rejalashtirilgan.