РУ
O’Z
UZS
/
/
28-30-noyabr kunlari haftaning ikkinchi yarmida Oʻzbekistonda ob-havo maʼlumoti: sovuq va yogʻingarchilik boʻladi
26.11.2024

28-30-noyabr kunlari haftaning ikkinchi yarmida Oʻzbekistonda ob-havo maʼlumoti: sovuq va yogʻingarchilik boʻladi

28-30-noyabr kunlari haftaning ikkinchi yarmida Oʻzbekistonda ob-havo maʼlumoti: sovuq va yogʻingarchilik boʻladi

“Oʻzgidromet” joriy ish haftasining ikkinchi yarmida respublika boʻylab qanday ob-havo kuzatilishini maʼlum qildi. Harorat biroz sovuq boʻlishi va bulutli kunlar koʻpayishi kutilmoqda.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28-noyabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 29-noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq; 30-noyabrda kechasi va kunduzi 2-7° iliq boʻladi.

Xorazm viloyati

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28-noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 29-noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 6-11° iliq; 30-noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 4-9° iliq boʻladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Gʻarbiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28-noyabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 29-noyabrda kechasi va kunduzi 8-13° iliq; 30-noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 5-10° iliq: choʻl hududlarda 28-noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 29-noyabrda kechasi va kunduzi 5-10° iliq; 30-noyabrda kechasi 2° sovuq-3° iliq, kunduzi 3-8° iliq boʻladi.

Toshkent va Sirdaryo viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 28-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 29-30-noyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28-noyabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15-20° iliq; 29-noyabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 30-noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 3-8° iliq boʻladi.

Samarqand va Jizzax viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 28-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, kechga tomon baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. 29-30-noyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28-noyabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 15-20° iliq; 29-noyabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq; 30-noyabrda kechasi 2-7° iliq, kunduzi 3-8° iliq boʻladi.

Qashqadaryo viloyati

Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, oyabrda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28-noyabrda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 15-20° iliq; 29-noyabrda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 30-noyabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq boʻladi.

Surxondaryo viloyati

Havo biroz bulutli boʻladi, 28-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 29-30-noyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28-noyabrda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 15-20° iliq; 29-noyabrda kechasi 7-12° iliq, kunduzi 12-17° iliq; 30-noyabrda kechasi 5-10° iliq, kunduzi 10-15° iliq boʻladi.

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari

Havo biroz bulutli boʻladi, 28-29-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 30-noyabrda baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7° iliq, kunduzi 28-29-noyabrda 12-17° iliq, 30-noyabrda 7-12° iliq boʻladi.

Respublikaning togʻli hududlari

Havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, 29-30-noyabrda kuchli boʻlishi mumkin. Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin. Sharqiy shamol yoʻnalishini oʻzgartirib, gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 28-noyabrda kechasi 0-5° iliq, kunduzi 7-12° iliq; 29-noyabrda kechasi va kunduzi 2-7° iliq; 30-noyabrda kechasi va kunduzi 0-5° iliq boʻladi.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.