верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Modrich “Barselona” sobiq futbolchilari bilan bir jamoada o‘ynashi mumkin
24.05.2025

Modrich “Barselona” sobiq futbolchilari bilan bir jamoada o‘ynashi mumkin

Modrich “Barselona” sobiq futbolchilari bilan bir jamoada o‘ynashi mumkin

“Real Madrid” bilan shartnomasini uzaytirmagan Luka Modrich faoliyatini AQSHda davom ettirishi mumkin. Mundo Deportivo nashri xabariga ko‘ra, 39 yoshli yarim himoyachi Lionel Messi to‘p surayotgan “Inter Mayami” jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzolash arafasida turibdi.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

Ma’lumotlarga ko‘ra, “Inter Mayami” allaqachon Modrich bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Futbolchi erkin agent sifatida jamoaga qo‘shiladi, chunki uning “Real” bilan amaldagi shartnomasi 30-iyun kuni yakunlanadi.

Taklif qilinayotgan kelishuv 2026-yil iyuligacha mo‘ljallangan bo‘lib, bu xorvatiyalik futbolchiga milliy terma jamoa bilan Jahon chempionatiga borish imkonini beradi. Yillik maosh miqdori 2,5 million dollar atrofida bo‘ladi. Shuningdek, Luka “Inter Mayami”da “Barselona” sobiq futbolchilari — Lionel Messi, Luis Suares, Serxio Buskets hamda Jordi Alba bilan birgalikda o‘ynashi ko‘plab muxlislarda qiziqish uyg‘otmoqda.

Ma’lumot uchun, Modrich joriy mavsum Karlo Anchelotti boshchiligidagi “Real” safida kamroq o‘yin amaliyotiga ega bo‘ldi. U La Liga doirasidagi 34 uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 2 gol va 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.