верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Modrichning keyingi manzili qayer?
28.05.2025

Modrichning keyingi manzili qayer?

Modrichning keyingi manzili qayer?

Xorvatiyalik yarim himoyachisi Luka Modrich Krishtianu Ronaldu yoki Lionel Messi o‘ynayotgan klublardan biriga qo‘shilishi mumkin. Bu haqda Footmercato nashri xabar berdi.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

Manbaga ko‘ra, Modrich 2025-yilda bo‘lib o‘tadigan Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatidan so‘ng “Real Madrid”ni erkin agent sifatida tark etadi. Unga Saudiya Arabistonining “An-Nassr” klubi hamda AQSHning “Inter Mayami” jamoasidan takliflar tushgan. Bundan tashqari, “Al-Ittifoq” (Saudiya Arabistoni) hamda bir nechta braziliyalik klublar ham Modrichga qiziqish bildirmoqda.

Ta’kidlanishicha, Modrich uzoq vaqt davomida “An-Nassr” bilan muzokara o‘tkazib kelgan. Bu orqali u sobiq jamoadoshi Krishtianu Ronaldu bilan yana bir jamoada to‘p surishi mumkin. Biroq futbolchining oilasi AQShga ko‘chib o‘tishni ma’qul ko‘rayotgani sababli, “Inter Mayami” varianti ham haqiqatga yaqin hisoblanadi.

Modrich 2012-yildan beri “Real Madrid” safida o‘ynab kelmoqda. U “qirollik klubi” bilan 28 ta sovrin qo‘lga kiritdi, jumladan, 6 marta UEFA Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘ldi. Modrich “Real” tarkibida 590 o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 43 ta gol va 95 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.