1
РУ
O’Z
UZS
/
/
Xonanda Jaloliddin Ahmadaliyev mualliflik huquqini buzgani uchun jarimaga tortildi
11.07.2025

Xonanda Jaloliddin Ahmadaliyev mualliflik huquqini buzgani uchun jarimaga tortildi

Xonanda Jaloliddin Ahmadaliyev mualliflik huquqini buzgani uchun jarimaga tortildi

Xonanda Jaloliddin Ahmadaliyev she’rlardan muallifning ruxsatisiz foydalangani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda O‘zbekiston Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Idora ma’lumotlariga ko‘ra, Ahmadaliyev shoir Shohrux Abduvohidovning "Yurak", "Meni deb oqardi sochlaring ona," "Ko‘zlaringni qizg‘anma mendan" va "Barchasini Xudoga soldim" asarlaridan huquq egasining roziligisiz va tegishli shartnoma tuzmasdan foydalangan.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Mazkur holat yuzasidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma rasmiylashtirilib, sudga yuborilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona viloyati Dang‘ara tuman sudining qaroriga ko‘ra, Ahmadaliyev mazkur moddaning 1-qismi bilan jarimaga tortildi.

Qonunchilikka muvofiq muallif mualliflik huquqi buzilganligi uchun zararni qoplash o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda kompensatsiya talab qilishga haqli.

Bu qiziq

Mavsumni qo‘ldan boy bermang
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.