верхний на лендинг кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Neymar yozda “Barselona”ga qaytishi mumkin — manba
15.02.2025

Neymar yozda “Barselona”ga qaytishi mumkin — manba

Neymar yozda “Barselona”ga qaytishi mumkin — manba

“Santos” klubining braziliyalik hujumchisi Neymar yozgi transfer oynasida Yevropa klubiga qaytmoqchi. Bu haqda Cadena Ser nashri xabar bermoqda.

image

Kino va seriallarni 7 kun bepul tomosha qiling

icon

Manbaga koʻra, braziliyalik futbolchi yana Yevropaga qaytib, dunyoning eng kuchli ligalarida oʻynashni xohlaydi. Ammo buning uchun u top-klublarni unga ishonishga majbur qila olishi kerak. Mavjud variantlar ichida u hech ikkilanmay qabul qiladigan yagona taklif “Barselona” hisoblanadi.

Maʼlumot uchun, Neymar “Santos”ga oʻz professional faoliyatini qayta tiklash uchun oʻtgan. U Braziliya chempionati kabi nisbatan yengil musobaqada yana oʻzining eng yaxshi oʻyinini koʻrsatishga harakat qiladi. Bungacha Neymar 2 yil davomida Saudiya Arabistoni klubida toʻp surdi.

Neymar Kataloniya klubida 4 yil (2013-2017) oʻynagan. Ushbu davr mobaynida futbolchi 123 uchrashuvda maydonga tushib 68 bor raqiblar darvozasini ishgʻol qilgan. Transfermarkt portali 33 yoshli futbolchining transfer narxini 15 million yevroga baholamoqda.

Bu qiziq

нижний на лендинг кино
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.