20.03.2025
(yangilandi 20.03.2025)
Nilufar Usmonova oilaviy hayotiga oid katta sirni oshkor qildi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Xonanda Nilufar Usmonova shu kunlarda bo‘lib o‘tgan konsert davomida ukasini ommaga ko‘rsatdi. U qo‘shiqchining otasining o‘g‘li.
“Bu mening ukam, pastda yana bitta ukam telefon ushlab turibdi. Bizning aloqalarimiz juda ham yaxshi”, — deya ta’kidladi xonanda chiqish davomida.
Uning tushuntirishicha, bu yigit uning otasi Ibrohim Hakimovning farzandi. Qo‘shiqchi opa-ukalar ahil-inoq ekanini aytib, muxlislariga ularni tanishtirgan.
Usmonova chiqishi davomida tez orada san’ati ishqibozlarini yangi qo‘shiqlar bilan xursand qilishini ham qo‘shimcha qilgan.