РУ
O’Z
UZS
/
/
Nukus logistika markazida yangi bojxona ombori ishga tushdi
04.02.2025

Nukus logistika markazida yangi bojxona ombori ishga tushdi

Nukus logistika markazida yangi bojxona ombori ishga tushdi

Nukus logistika markazida yuklarni vaqtincha saqlash, bojxona operatsiyalarini amalga oshirish hamda multimodal tashuvlarni yoʻlga qoʻyish imkoniyatini beruvchi yangi bojxona ombori foydalanishga topshirildi.

“Oʻztemiryoʻlkonteyner” tomonidan tashkil etilgan ushbu ombor umumiy 1110 kvadrat metr maydonga ega boʻlib, ochiq turdagi saqlash hududi hisoblanadi. Mazkur loyiha hududiy bojxona vakillari ishtirokida amalga oshirilgan boʻlib, obyekt zamonaviy infratuzilma va xavfsizlik tizimlari bilan jihozlangan.

Ombor faqatgina yuklarni saqlash uchun emas, balki ularni tegishli bojxona jarayonlaridan oʻtkazish va multimodal tashuvlarni amalga oshirish imkonini ham beradi. Bu esa yuklarning tezkor va samarali yetkazib berilishiga xizmat qiladi.

“Oʻztemiryoʻlkonteyner” kompaniyasi Bojxona qoʻmitasi bilan hamkorlikda 2020-yildan buyon Rouston, Margʻilon, Qoʻqon, Jizzax, Ulugʻbek, Termiz va Buxorodagi logistika markazlarida ham shunga oʻxshash bojxona omborlarini tashkil etgan.

Hozirda ushbu markazlar orqali jami 15 000 kvadrat metr ochiq turdagi va 6 200 kvadrat metr yopiq turdagi bojxona omborlari faoliyat yuritib, yuklarni ortish, tushirish, saqlash va bojxona nazoratidan oʻtkazish xizmatlari samarali tashkil etilgan.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.