верхний на лендинг кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
O‘zbekiston – Qatar o‘rtasidagi o‘yinga chiptalar savdosi boshlandi
03.06.2025

O‘zbekiston – Qatar o‘rtasidagi o‘yinga chiptalar savdosi boshlandi

O‘zbekiston – Qatar o‘rtasidagi o‘yinga chiptalar savdosi boshlandi

O‘zbekiston milliy futbol jamoasi 10-iyun sanasida Toshkentdagi “Bunyodkor” stadionida Jahon chempionatining saralash bosqichi doirasida Qatar terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Mazkur bellashuv uchun chiptalar sotuvga chiqarildi.

image

Kino va seriallarni 7 kun bepul tomosha qiling

icon

Ma’lum qilinishicha, iTicket kompaniyasi O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi va tegishli xavfsizlik organlari bilan hamkorlikda chiptalarni faqat oflayn tarzda tarqatishga qaror qilgan. Bu chora avvalgi uchrashuvlar tajribasidan kelib chiqib, soxta chiptalar savdosining oldini olish va firibgarlik holatlarining oldini olish uchun ko‘rilgan.

3-iyun kunidan boshlab, chiptalarni “Humo Arena”, “Bunyodkor” va “Paxtakor” stadionlarida joylashgan iTicket kassalaridan xarid qilish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati yo‘llanmasi uchun so‘nggi ikki o‘yinda BAA va Qatar bilan to‘qnash keladi. 5-iyun kuni Kapadze boshchiligidagi jamoa Amirliklarga qarshi saf tortsa, 10-iyunda Toshkentda Qatarni qabul qiladi. Ushbu ikki bellashuv saralash natijasini hal etuvchi asosiy bosqich bo‘lib xizmat qiladi.

Bu qiziq

нижний на лендинг кино
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.