верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Wildberries’da O‘zbekiston mahsulotlari bo‘limi paydo bo‘ldi
10.05.2025

Wildberries’da O‘zbekiston mahsulotlari bo‘limi paydo bo‘ldi

Wildberries’da O‘zbekiston mahsulotlari bo‘limi paydo bo‘ldi

Unda hozirda 1 mingga yaqin tovar pozitsiyalari (SKU) mavjud bo‘lib, ushbu bo‘limga kirish uchun Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi orqali verifikatsiyadan o‘tish kerak.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

Wildberries elektron savdo maydonchasida O‘zbekiston tovarlari bilan yangi bo‘lim paydo bo‘ldi. Bu haqda Wildberries & Russ birlashgan kompaniyasi matbuot xizmati Spot’ga ma’lum qildi.

Marketpleys saytining aksiyalar toifasida “O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” bo‘limi ochildi, unda maxsus belgi bilan ajratilgan mahalliy ishlab chiqarilgan mahsulotlar jamlangan.

Qayd etilishicha, bu xaridorlarga katalogda tez mo‘ljal olish va O‘zbekiston mahsulotlarini topishga yordam beradi. Xuddi shunday tematik bo‘lim Belarus tovarlari uchun ham yaratilgan.

Ayni paytda bo‘limda 1 mingga yaqin tovar pozitsiyalari (SKU) mavjud. Assortiment sotuvchilar verifikatsiyadan o‘tishi bilan to‘ldiriladi, deya ta’kidlanadi Wildberries’da.

“O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” bo‘limiga kirmoqchi bo‘lgan ishlab chiqaruvchilar tasdiqlash jarayonidan o‘tishlari kerak. Buning uchun kompaniyalar Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligiga murojaat qilib, verifikatsiyadan o‘tishlari va tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishlari zarur.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.