1
РУ
O’Z
UZS
/
/
O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?
19.09.2025

O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

O‘zbekistonda dam olish kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?

“O‘zgidromet” 19–21-sentyabr kunlari respublika hududida qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.

19-21-sentyabr kunlari O‘zbekiston hududining katta qismida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

Havo harorati asta-sekin ko‘tariladi. Bugun kunduzi havo 25-28 darajagacha, janubda 30 darajagacha isiydi. Shanba kuni cho‘l hududlarda va respublika janubida, yakshanba kuni O‘zbekistonning markaziy hududlari bo‘yicha kunduzigi harorat 32-34 darajaga yetadi.

20-21-sentyabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati 23-28 daraja atrofida bo‘ladi.

Shimolda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda: havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Kunduzi havo harorati: bugun 26 daraja, ertaga 28-30 daraja, yakshanba kuni 32-34 daraja atrofida bo‘ladi.

Bu qiziq

Mavsumni qo‘ldan boy bermang
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.