O‘zbekistonda hafta oxirida: 18–21-oktyabr kunlari qanday ob-havo kuzatiladi?


“O‘zgidromet” 18–21-oktyabr kunlari respublika hududida qanday ob-havo kuzatilishi haqida ma’lumot berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18 oktabrda 5-10°, 19-21 oktabrda 3-8° iliq, kunduzi 18 oktabrda 15-20°, 19-20 oktabrda 13-18°, 21 oktabrda 17-22° bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18 oktabrda 8-13°, 19-21 oktabrda 6-11°, kunduzi 18 va 20-21 oktabrda 21-26°, 19 oktabrda 18-23° bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Sirdaryo va Jizzax viloyatlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18 oktabrda 8-13°, 19-21 oktabrda 6-11° bo‘ladi, kunduzi 21-26° dan 18-23° gacha o‘zgarib turadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18 oktabrda 8-13°, 19-21 oktabrda 6-11°, kunduzi 18 oktabrda 23-28°, 19-20 oktabrda 21-26°, 21 oktabrda 25-30° bo‘ladi.
Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 18 oktabrda 8-13°, 19-21 oktabrda 6-11° bo‘ladi, kunduzi 21-26° dan 18-23° gacha o‘zgarib turadi.
Respublikaning tog‘li hududlari
Havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat 19 oktabrda Toshkent viloyatida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12° dan 3-8° iliqqacha, kunduzi 15-20° dan 12-17° gacha o‘zgarib turadi.