верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
O‘zbekistonda mahalliy avtomobillar uchun kredit stavkasi pasayishi mumkin
07.02.2025

O‘zbekistonda mahalliy avtomobillar uchun kredit stavkasi pasayishi mumkin

O‘zbekistonda mahalliy avtomobillar uchun kredit stavkasi pasayishi mumkin

Koʻplab avtosalonlar toʻliq toʻlov uchun chegirma beradi. Lekin kreditga beriladigan avtomobil uchun bu chegirmani banklar qabul qilmaydi. Prezident uni mahalliy avtomashinalar uchun bekor qilish muhimligini taʼkidladi.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

Oʻzbekistonda mahalliy avtomobillar uchun avtokredit berishda chegirmalar hisobga olinishi mumkin. Bu haqda 7-fevral kuni Shavkat Mirziyoyev raisligida oʻtkazilgan xizmatlar sohasini rivojlantirish boʻyicha videoselektor yigʻilishida maʼlum qilindi.

Xizmatlar koʻlamini kengaytirish uchun taksi agregatorlaridan biri 2 mingta avtomobil kreditiga kafil boʻlib, 4 ming odamni ish bilan taʼminlash taklifini bildirgan.

Buning hisobiga yangi zamonaviy taksilar koʻpayishi kutilmoqda. Bunday loyihalarga banklar 1 trln soʻm kredit ajratishga tayyorligi qayd etildi.

Shuningdek, koʻplab avtosalonlar avtomobil xaridi uchun pul toʻliq toʻlansa chegirma bermoqda. Lekin amaldagi qoidalarga koʻra, kreditga beriladigan avtomashina uchun bu chegirmani banklar qabul qilmaydi.

“Vaholanki, banklarga chegirma qabul qilishga ruxsat berilsa, kredit stavkasi 4% ga arzonlashadi”, — dedi davlat rahbari.

Prezident bu cheklovni mahalliy avtomashinalar uchun bekor qilish muhimligini taʼkidladi.

Bundan tashqari, 2025-yilda transport xizmatlari hajmini 15 foizga oshirib, 185 trln soʻmga yetkazish, eksportini esa 2,2 mlrd dollarga olib chiqish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.