12.07.2025
O‘zbekistonda jami qancha elektromobil borligi ma’lum bo‘ldi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
2025-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 65,2 mingta elektromobil ro‘yxatga olingan. Elektromobillarning aksariyati poytaxtda jamlangan — qariyb 50 mingta mashina.
Elektromobillar sonining ko‘payishi mamlakatning “yashil” transportga o‘tishi va ayniqsa shaharlarda zaryadlash infratuzilmasiga bo‘lgan talabning ortib borayotganini aks ettiradi.

Toshkentdagi bunday konsentratsiya bozorning mintaqalar bo‘yicha notekis rivojlanishini ta’kidlaydi.
- Respublika bo‘yicha jami — 65 200 ta elektromobil.
- Toshkent shahrida 49 736 ta (76 foiz).
Poytaxtdan keyingi top-5 hududlar:
- Toshkent viloyati — 4 512 ta;
- Samarqand viloyati — 1 739 ta;
- Xorazm viloyati — 1 415,
- Farg‘ona viloyati — 1 376 ta,
- Qashqadaryo viloyati — 1 338.
Eng kam — Surxondaryo viloyatida (198 ta elektromobil).
Milliy statistika qo‘mitasi import va bojxona to‘lovlari bo‘yicha imtiyozlar hisobiga elektromobillar avtoparkining barqaror o‘sishini qayd etdi.