верхний на лендинг кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
O‘zbekistonda OTM talabalari uchun yagona forma joriy qilinishi haqidagi xabarlar rad etildi
18.05.2025

O‘zbekistonda OTM talabalari uchun yagona forma joriy qilinishi haqidagi xabarlar rad etildi

O‘zbekistonda OTM talabalari uchun yagona forma joriy qilinishi haqidagi xabarlar rad etildi

Oliy ta’lim vazirligi talabalar uchun yagona forma joriy etilishi haqidagi xabarlarni rad etdi. Avvalroq oliygohlarning noyob imij va brend konsepsiyasi ishlab chiqilishi aytilgandi, unda kiyinish haqida ham so‘z borgan. Vazirlik talabaning shaxs sifatidagi erkinligi va huquqlari himoyalanishini bildirdi.

image

Kino va seriallarni 7 kun bepul tomosha qiling

icon

Ijtimoiy tarmoqlarda go‘yoki barcha universitet va institut talabalari uchun yagona talaba formasi joriy etilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi va noto‘g‘ri talqin etilayotganini ma’lum qildi.

Vazirlik matbuot xizmatining bildirishicha, aslida tarqalgan xabar asos qilib keltirilayotgan hujjat – Vazirlar Mahkamasining muhokamadagi qaror loyihasiga ilova qilingan «Oliy ta’lim tashkiloti brendini yaratish to‘g‘risidagi nizom» bo‘lib, mazkur nizom har bir oliy ta’lim tashkilotining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiruvchi brend va imij konsepsiyasini shakllantirishga xizmat qilishi nazarda tutilgan. Nizom loyihasida talabalar uchun yagona forma joriy etilishi yoki majburiy tartibda talab etilishiga doir hech qanday norma mavjud emas.

«Aksincha oliy ta’lim muassasalari o‘zining tarixi, vazifasi, madaniy qadriyatlari va hududiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, o‘ziga xos korporativ uslub va ramzlarini ishlab chiqish huquqiga ega. Bunga ta’lim tashkilotlarining individual imijini shakllantirishga qaratilgan tashabbus sifatida qaralishi lozim», – deyiladi vazirlik xabarida.

Qayd etilishicha, estetik, gigiyenik yoki tashqi ko‘rinishga oid tavsiyalar faqat ixtiyoriy xarakterga ega bo‘lib, ularni joriy etish yoki qo‘llashning amaliy jihatlari har bir ta’lim muassasasining ichki qarorlariga bog‘liq. Ya’ni, mazkur nizom loyihasi doirasida maxsus forma joriy etish yoki uni majburiy tartibda talab qilish umuman nazarda tutilmagan.

Bu qiziq

нижний на лендинг кино
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.