верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
“Qasoskorlar 5” filmining suratga olish ishlari boshlandi
01.05.2025

“Qasoskorlar 5” filmining suratga olish ishlari boshlandi

“Qasoskorlar 5” filmining suratga olish ishlari boshlandi

London shahrida Marvel kinokompaniyasi tomonidan “Qasoskorlar 5” (“Avengers: Doomsday”) filmining suratga olish ishlari boshlandi. Kinokartina 2026-yil 1-mayda katta ekranlarga chiqadi.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

Qayd etilishicha, Kris Xemsvort Tor roliga, Entoni Maki Sem Uilson / yangi Kapitan Amerika roliga, Sebastyan Sten Baki Barns roliga, Pol Radd Chumoli odam roliga, Tom Hidlston Loki roliga qaytadi.

Qasoskorlar tarkibiga ilk bor Vanessa Kirbi (Syu Shtorm), Letisiya Rayt (Shuri), Uayatt Rassel (AQSh agenti), Ebon Moss-Bahrah (Ben Grimm), Lyu Simu (Shang-Chi) va Florens Pyu (Yelena Belova) qo‘shiladi. Shuningdek, kinokartinada “Qora pantera” filmida antagonist Namor rolini oʻynagan Tenoch Uerta va boshqalar koʻrinish beradi.

Rejissyorlar Entoni va Jo Russo bo‘lib, ular “Abadiyat jangi” va “Final” filmlarini suratga olgan. Syujet tafsilotlari ma’lum qilinmagan. “Qasoskorlar” seriyasidagi filmlar ilk bor 2012-yilda premyera qilingan va jahon prokatida jami 7,6 milliard dollar ishlab topgan.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.