Ranyeri Shomurodovning “Roma”dagi kelajagiga oydinlik kiritdi
“Roma” bosh murabbiyi Klaudio Raneri Yevropa Ligasi 8-turidan oʻrin olgan “Ayntraxt”ga (2:0) qarshi oʻyindan soʻng Eldor Shomurodovning klubdagi kelajagiga oydinlik kiritdi.
Oʻzbekistonlik hujumchi bellashuvda 67-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, 69-daqiqada gol urdi va jamoasining pley-offga chiqishiga hissa qoʻshdi.
“Shomurodovga biz bilan qolishini aytdim. Eldorni hamma — muxlislar, futbolchilar yoqtiradi, chunki u doimo borini beradi.
Men esa uni koʻp urishib turaman. Shuning uchun unga: “Agar ketsang, kimga jahl qilaman?” deb aytdim”, deya italiyalik mutaxassisning soʻzlarini keltiradi Roma Press.
Avvalroq 29 yoshli Shomurodovga Italiyaning bir nechta klublari qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.
Yevropa Ligasining soʻnggi turida gʻalaba qozongan “Roma” oʻtish oʻyinida qatnashadi. Uning raqibi bugun, 31-yanvar kun aniq boʻladi.