29.06.2025
UFC 317. Iliya Topuriya Charlz Oliveyrani birinchi raundda nokautga uchratdi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Las-Vegasda UFC 317 turniri bo‘lib o‘tdi.
Musobaqaning markaziy jangida ikki sobiq chempion — gruziyalik Iliya Topuriya hamda Braziliya vakili Charlz Oliveyra to‘qnash keldi.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Bellashuv yengil vazn toifasidagi vakant bo‘lib turgan chempionlik kamari uchun o‘tkazildi. 5 raundlik titul bahsida Topuriya Oliveyrani ilk raunddayoq nokaut orqali taslim qildi va yengil vazn toifasida yangi chempionga aylandi.
Ma’lumot uchun, ushbu vazn chempioni Islam Maxachev chempionlik kamarini vakant qoldirib, yarim o‘rta vazn toifasiga o‘tgan edi.