верхний на лендинг кино
РУ
O’Z
UZS
/
Pul
/
O‘zbekistonda xususiy mulkdorlar uchun yer va mol-mulk solig‘i birlashtirilishi mumkin
07.07.2025

O‘zbekistonda xususiy mulkdorlar uchun yer va mol-mulk solig‘i birlashtirilishi mumkin

O‘zbekistonda xususiy mulkdorlar uchun yer va mol-mulk solig‘i birlashtirilishi mumkin

O‘zbekistonda xususiylashtirilgan yer uchastkalari egalari uchun yer va mol-mulk solig‘ini birlashtirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda 5-iyul kuni Savdo-sanoat palatasi tomonidan mehmonxona biznesi va auditorlik kompaniyalari vakillari bilan o‘tkazilgan ochiq muloqotda Soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev ma’lum qildi.

image

Kino va seriallarni 7 kun bepul tomosha qiling

icon

“Bu yo‘nalishda ham ishlar olib borilmoqda. 2026-yilga mo‘ljallangan [soliq] konsepsiyasida ko‘rasiz. Agar yerni xususiylashtirgan bo‘lsangiz, biz bu mexanizmni ishga tushirgan bo‘lsak, ya’ni u sizning mulkingizga aylangan bo‘lsa, bu borada allaqachon buyruq chiqarilgan. Mantiqan, xususiylashtirilgan yer uchun yer solig‘ini emas, balki mulk solig‘ini to‘lash kerak”, — dedi u.

TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Auditorning ikki tomonlama soliqqa tortilishi mumkinligi haqidagi savoliga javob berar ekan, u shunday deb ta’kidladi: “Bu ikki tomonlama soliqqa tortish deganiga qo‘shilmayman. Yo‘q, agar siz hozir to‘lagan bo‘lsangiz ham, bizda hali hech kim yer uchun mulk solig‘ini to‘lamagan, lekin to‘lashi kerak. Shu bois, bu 2026-yildan boshlab bo‘lar, balki. Lekin bungacha ham, masalan, bir yerdan hech kim ikki marta yer solig‘ini ham, mol-mulk solig‘ini ham olmagan”.

Uning qo‘shimcha qilishicha, soliqlarni bozor qiymatidan kelib chiqib hisoblashga o‘tish bo‘yicha ham ishlar davom etmoqda. “Bozor qiymati bo‘yicha ham ish olib borilmoqda, menimcha, bu yo‘nalishda siljish bo‘ladi”, — dedi u.

Bu qiziq

нижний на лендинг кино
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.