Sirniklar, vareniklar va boshqa tvorogli retseptlar


Tvorog – bu universal va foydali mahsulot bo‘lib, u osongina turli taomlarga aylanishi mumkin: oddiy nonushtalardan tortib, nafis desertlargacha. Har kuni va maxsus holatlar uchun mos keladigan eng mazali va sinovdan o‘tgan tvorogli retseptlarni jamladik.
Sirniklar
Sirniklar – tvorogdan tayyorlanadigan eng mashhur taomdir. Ichidan yumshoq, tashqarisi esa qizarib pishgan sirniklarni yaxshi ko‘rmaydigan odamning o‘zi bo‘lmasa kerak. Bolalikni esga soladi va smetana, murabbo, quyultirilgan sut hamda boshqa toppinglar bilan ajoyib uyg‘unlik hosil qiladi.
Masalliqlar:
- 500 g tvorog
- 1 dona tuxum
- 2–3 osh qoshiq shakar
- Bir chimdim tuz
- 3-4 osh qoshiq un + un (obvalka uchun)
- Vanilin (xohishga ko‘ra)

Tayyorlanishi:
1. Barcha masalliqlarni bir hil massa holiga keltirib aralashtiramiz.
2. Kichik nonchalar yasab, unga bulab olamiz.
3. Qizdirilgan yog‘da har ikki tomonini oltin tusgacha qovurib olamiz.
Dangasa vareniklar
Tez tayyorlanadigan nonushta yoki to‘yimli yengil ovqat uchun ajoyib variant. Vareniklar kattalarga ham, bolalarga ham birdek yoqadi. Asosiysi – tvorogli “chuchvaralar”ni shirinlashtirish va mevalar qo‘shishni unutmang.
Masalliqlar:
- 400 g tvorog
- 1 dona tuxum
- 2-3 osh qoshiq shakar
- Bir chimdim tuz
- 150 g un

Tayyorlanishi:
1. Barcha masalliqlarni bir hil xamir holiga keltirib aralashtiramiz.
2. Xamirni rulon shaklida yoyib, bo‘laklarga bo‘lamiz.
3. Tuzli suvda qaynab chiqquniga qadar pishiramiz.
4. Sariyog‘, shakar yoki smetana bilan dasturxonga tortamiz.
Tvorogli zapekanka
Klassik tvorogli zapekanka – ham bolalikdan tanish taom. Yog‘li va kaloriyali tortlarga yaxshi alternativ bo‘la oladi, demak, sog‘lig‘iga e’tibor qiladiganlar uchun juda mos keladi.
Masalliqlar:
- 500 g tvorog
- 2 dona tuxum
- 3 osh qoshiq shakar
- 3 osh qoshiq manniy yormasi yoki un
- 100 ml sut yoki smetana
- Vanilin, mayiz (xohishga ko‘ra)

Tayyorlanishi:
1. Barcha masalliqlarni yaxshilab aralashtiramiz.
2. Massani yog‘langan qolipga solamiz.
3. 180°C da taxminan 40 daqiqa pishiramiz.
4. Sovigach dasturxonga tortamiz.
Tvorogli pechenye
Juda yumshoq, xushbo‘y va nozik pechenye – tezda tayyorlanadi, yana tezroq yeyiladi. Bunday desert kutilmaganda mehmonlar kelganida – ajoyib tanlov bo‘ladi.
Masalliqlar:
- 200 g tvorog
- 100 g saryog‘
- 1 dona tuxum
- 2 osh qoshiq shakar
- 1/2 choy qoshiq qabartma
- 200 g un

Tayyorlanishi:
1. Saryog‘ni tvorog bilan aralashtiramiz.
2. Tuxum, shakar, qabartma va un qo‘shamiz.
3 Xamir qorib, yoyib, shakllarga kesamiz.
4. 180°C da 15-20 daqiqa pishiramiz.
Sochniklar
Sochniklar – SSSR davridan qolgan, ichida shirin tvorogli pishiriq bo‘lib, maktab oshxonalarida va nonvoyxonalarda juda mashhur bo‘lgan.
Xamir uchun:
- 100 g saryog‘
- 100 g smetana
- 1 dona tuxum
- 2 osh qoshiq shakar
- 1/2 choy qoshiq soda
- 250-300 g un
Nachinka uchun:
- 300 g tvorog
- 1 dona tuxum
- 2-3 osh qoshiq shakar
- Vanilin

Tayyorlanishi:
1. Yumshoq xamir qorib olamiz.
2. Nachinka uchun barcha masalliqlarni aralashtiramiz.
3. Xamirni yoyib, doirachalar kesamiz, ustiga nachinkani solib, yarmiga buklaymiz (chetlari yopilmaydi).
4. Ustiga tuxum bilan surtib, 180°C da 25-30 daqiqa pishiramiz.
Tvorojniklar
Bu tvorog asosidagi yumshoq oladyalar bo‘lib, sirniklarga o‘xshash, biroq havodor va unliroq bo‘ladi. Ayniqsa dam olish kunlari uchun ajoyib nonushta retsepti bo‘ladi.
Masalliqlar:
- 300 g tvorog
- 2 dona tuxum
- 2 osh qoshiq shakar
- 3-4 osh qoshiq un
- 1/2 choy qoshiq sirka bilan aralashtirilgan soda

Tayyorlanishi:
1. Barcha masalliqlarni quyuq xamir holiga keltirib aralashtiramiz.
2. Tovada qoshiq bilan solib, ikki tomonini qizartirib qovurib olamiz.
3. Issiq holda, smetana yoki murabbo bilan tortiladi.
Tvorogli massa
Uy sharoitida tayyorlangan tvorogli massa – konservantlarsiz va ortiqcha shakarsiz mazali va foydali desert bo‘ladi. Mashg‘ulotdan keyingi kechki ovqatga yoki parhezda bo‘lsangiz-da, o‘zingizni xursand qilish uchun ajoyib tanlov.
Masalliqlar:
- 300 g tvorog
- 2-3 osh qoshiq asal
- 50 g saryog‘
- Vanilin
- Mayiz, yong‘oq, shakar mevalar (xohishga ko‘ra)

Tayyorlanishi:
1. Saryog‘ni eritib, biroz sovutamiz.
2. Tvorog va saryog‘ni (asal bilan) blenderda qaymoqdek massaga aylanguncha uramiz.
3. Xohlagan qo‘shimchalarni qo‘shamiz.
4. Sovutilgan holda dasturxonga tortamiz.
Bu retseptlar – tvorogdan tayyorlansa bo‘ladigan taomlarning shunchaki kichik bir qismi hisoblanadi. Muhimi – yangi mahsulotlar, biroz fantaziya va oshxonadagi yaxshi kayfiyat!