06.07.2025
(yangilandi 09.07.2025)
Har uchinchi ishlaydigan o‘zbekistonlik kamida bitta kreditga ega — Markaziy bank


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Markaziy bank bergan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda iqtisodiy faol aholining uchdan bir qismida kredit mavjud.
1-iyun holatiga ko‘ra, mamlakatda 5,18 milliondan ortiq fuqaro banklardan kredit olgan. Ulardan 27 foizi — ya’ni 1,4 million jismoniy shaxs — ikki yoki undan ortiq kreditga ega.

2020-yildan buyon uch yoki undan ko‘p kredit olgan qarz oluvchilar ulushi ikki baravarga oshdi: bu ko‘rsatkich 5 foizdan 11 foizgacha yetgan.
Markaziy bankning qayd etishicha, O‘zbekistonda ishlayotgan har uchinchi fuqaro — ya’ni taxminan 5 million odam — kamida bitta bank krediti bilan bog‘liq moliyaviy majburiyatga ega.