04.06.2025
Toshkentdan Issiqko‘lga avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Joriy yilning 11-iyun sanasidan boshlab Toshkent–Cho‘lpon-Ota (Issiqko‘l) yo‘nalishida muntazam avtobuslar harakatlanishni boshlaydi.
Mazkur qatnovlar yoz mavsumiga mo‘ljallangan bo‘lib, Toshkent shahridagi markaziy avtovokzaldan har kuni soat 15:00 da zamonaviy Yutong avtobuslari harakatga chiqadi.
Yo‘lovchilar asosan Qirg‘izistonning Issiqko‘l hududiga dam olish yoki sayohat qilish maqsadida borishadi.
Safar taxminan 15 soat davom etadi. Chiptalarni Avtoticket.uz onlayn platformasi orqali xarid qilish mumkin.
Yo‘l haqi bir kishi uchun 300 000 so‘m etib belgilangan.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin:
- (+998) 71−207−8700
- (+998) 94−131−9999
- (+998) 88−666−1515