17.08.2025
Uilyam Defo ishtirokidagi “Yerto‘lamdagi odam” filmining birinchi treyleri taqdim etildi


Muallif
Shohzamon Shuhratov
Hulu “Yerto‘lamdagi odam” nomli triller janridagi filmning rasmiy treylerini e’lon qildi.
Filmda oilasining uyini yo‘qotish xavfi ostida qolgan Charlz (Kori Xoukins) haqida hikoya qilinadi. Vaziyatni sirli biznesmen (Uilyam Defo) hal qiladi, ammo uning asl niyatlari ezgu emas.
Filmni Nadya Latif (“Jinoyatchilar”) rejissyorlik qilgan. Asar Uolter Mouslining 2004-yilgi romaniga asoslangan.
“Yerto‘lamdagi odam” filmining jahon premyerasi 6-sentyabr kuni Toronto kinofestivalida bo‘lib o‘tadi. Kuz oylarining oxirigacha film striming xizmatlarida namoyish etiladi.