Tanqidchilar Bred Pitt ishtirokidagi “Formula-1”ni maqtamoqda


Internetda “Formula-1” poyga blokbasteri haqida xorijiy tanqidchilarning dastlabki sharhlari paydo bo‘ldi. Paramount va Apple hamkorligidagi loyiha 27-iyun kuni kinoteatrlarda namoyish etiladi.
Nashr paytida Rotten Tomatoes saytida ijobiy sharhlar ulushi 84 foizni, Metacritic’da esa 100 balldan 69 ballni tashkil etdi. Tanqidchilar filmning ko‘lami, undagi adrenalin va jozibadorlikni ta’kidlab, uni yozgi mavsumning asosiy “otalarga mo‘ljallangan” ko‘ngilochar asari hamda “Top Gan: Meverik”ning ma’naviy davomchisi deb atashmoqda (ikkala filmni ham Jozef Kosinski suratga olgan).
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Ba’zi sharh mualliflari hissiyotlar yetishmasligidan nolib, bosh rolni ijro etgan Bred Pittni yuqori baholadilar va uni eski Gollivud yulduzlariga qiyosladilar.
Aktyor istiqbolli yosh haydovchi Joshua Pirsni (Demson Idris) musobaqalarga tayyorlayotgan tajribali poygachi Sonni Xeys rolini ijro etgan. “Formula-1”da shuningdek, Xaver Bardem va Kerri Kondon ham rol ijro etishgan.