РУ
O’Z
UZS
/
/
Uy sharoitida sovunni qanday tayyorlash mumkin: batafsil qo‘llanma
16.09.2024

Uy sharoitida sovunni qanday tayyorlash mumkin: batafsil qo‘llanma

Uy sharoitida sovunni qanday tayyorlash mumkin: bosqichma-bosqich qo‘llanma
Muallif
Leyla Li

O‘z qo‘lingiz bilan sovun tayyorlash – foydali va chiroyli mahsulotlarni yaratishga imkon beradigan qiziqarli yoqimli mashg‘ulotdir. Ushbu maqolada uyda oddiy sovun, suyuq sovun, qoldiqlardan sovun, yuvish vositasidan va tayyor sovun ishlatmasdan sovun tayyorlashni ko‘rib chiqamiz.

Uyda sharoitida sovun tayyorlash

Uy sharoitida o‘zingiz sovun tayyorlashingiz bir necha oddiy qadamlardan iborat. 

Masalliq va materiallar. 

●       Sovun bazasi (ixtisoslashgan do‘konlarda mavjud)

●       Efir moylari (xushbo‘ylik uchun)

●       Bo‘yoq va qo‘shimchalar (masalan, qahva, so‘li)

●       Purkaladigan spirt (keraksiz pufakchalarni olib tashlash uchun)

●       Sovun yasash qoliplari

●       Qirg‘ich, mikroto‘lqinli pech yoki suv, aralashtirish uchun qoshiq

Tayyorgarlik:

●       Tez eritish uchun sovunni mayda kubiklarga bo‘ling.

●       Sovunni eritish:

●       Sovunni mikroto‘lqinli pech yoki suvli banyada eritib oling. Sovun qizib ketmasligi uchun haroratni (60°C dan oshmasligi kerak) nazorat qiling.

●       Pufakchalar paydo bo‘lmasligi uchun tez aralashtirmang.

●       Masalliqlarni qo‘shish:

●       Eritilgan asosga bo‘yoq, efir moyi va boshqa qo‘shimchalarni qo‘shing.

●       Shisha yoki yog‘och tayoqcha bilan yaxshilab aralashtiring.

Qoliplarga quyish:

●       Spirtli purkagich bilan qoliplarga ishlov bering.

●       Aralashmani qoliplarga solib, pufakchalarni olib tashlash uchun purkagich bilan spirt seping.

Qotirish:

●       Sovun qotishi uchun 2-3 soat davomida qoliplarni xona haroratida qoldiring.

●       Qattiqlashgandan so‘ng, sovunni qoliplardan olib tashlang va to‘liq quritish uchun  qoldiring.

Suyuq sovun tayyorlash

bober.ru

Suyuq sovun ishlatishda oson va qulay mahsulotdir. Uni tayyorlash uchun sizga ushbu narsalar kerak bo‘ladi. 

Masalliq va materiallar.

●       Bir bo‘lak sovun (qo‘shimchalarsiz tabiiy)

●       Suv

●       Glitserin

●       Efir moylari

●       Dispanserli plastik butilka

Tayyorlanish jarayoni:

●       Sovunni qirgʻichdan o‘tkaring.

●       Idishda suvni qizdirib, maydalangan sovunni qo‘shing va eriguncha aralashtiring.

●       Namlash uchun bir necha osh qoshiq glitserin qo‘shing.

●       Bir necha tomchi efir moyi qo‘shing.

●       Aralashmani sovutib, dispanser butilkaga quying.

Qoldiqlardan sovun tayyorlash

nur.kz

Sovun qoldiqlaridan foydalanish va yangi mahsulot yaratishning qulay usuli.

●       Qoldiqlarni to‘plab, mayda bo‘laklarga kesing yoki qirg‘ichda maydalang.

●       Eritish. Sovun bo‘laklarini issiqqa chidamli idishga soling va suvli banyada yoki mikroto‘lqinli pechda eritib oling.

●       Shakllantirish. Xohishga ko‘ra, efir moyi yoki bo‘yoqlar qo‘shing.

●       Aralashmani qoliplarga solib, qotish uchun qoldiring.

●       Qotishi. To‘liq qotgandan keyin sovunni qoliplardan chiqaring.

Yuvish vositasidan sovun tayyorlash

Yuvish vositasidan sovun tayyorlash – bu tabiiy mahsulot olishning tez usulidir.

Masalliq va materiallar.

●       Yuvish vositalari (tabiiy, kuchli kimyoviy moddalarsiz)

●       Kaustik sodasi (ishqor)

●       Suv

●       Efir moylari

Tayyorlash jarayoni:

●       Himoya kiyimi va qo‘lqoplarda suvga sodani qo‘shing va sekin aralashtiring.

●       Yuvish vositasini qo‘shing va aralashtirishda davom eting.

●       Aralashmani qoliplarga soling va bir necha soat davomida qotishi uchun qoldiring.

Ehtiyot bo‘ling: yaxshi shamollatiladigan joyda ishlang va ishqor bilan ishlashda ehtiyot choralarini ko‘ring.

Sovunsiz sovun tayyorlash

mylo-opt.ru

Sovun asosini ishlatmasdan sovun tayyorlashni istaganlar, tabiiy masalliqlardan foydalanishi mumkin.

Masalliq va materiallar.

●       Kokos yoki zaytun moyi

●       Ishqor (kaustik soda)

●       Efir moyi va qo‘shimchalar

Tayyorlanish jarayoni:

●       Himoya kiyimi va qo‘lqoplarda suvga ishqor qo‘shing, asta-sekin aralashtiring.

●       Boshqa idishda yog‘ni taxminan 32°C haroratgacha qizdiring.

●       Ishqoriy eritmani yog‘ga qo‘shing, bir hil aralashma hosil bo‘lguncha yaxshilab aralashtiring.

●       Efir moyi va boshqa qo‘shimchalarni qo‘shing.

●       Aralashmani qoliplarga soling va qotishi uchun 1-2 kunga qoldiring.

O‘z qo‘lingiz bilan sovun yaratish – nafaqat foydali, balki ijodiy jarayondir. O‘zingiz va yaqinlaringiz uchun noyob mahsulotlarni yaratish uchun turli xil masalliq, xushbo‘ylik va shakllar bilan tajriba o‘tkazishingiz mumkin. Yoqimli sovun tayyorlashni tilab qolamiz!