Верхний
РУ
O’Z
UZS
/
/
Uzbekistan Airways Toshkent-Xanchjou yoʻnalishida qatnovlarni yoʻlga qoʻyadi
22.10.2024

Uzbekistan Airways Toshkent-Xanchjou yoʻnalishida qatnovlarni yoʻlga qoʻyadi

Uzbekistan Airways Toshkent-Xanchjou yoʻnalishida qatnovlarni yoʻlga qoʻyadi

Shaharlar oʻrtasidagi reyslar 17-noyabrdan boshlanib, muntazam parvozlar har yakshanba kuni amalga oshiriladi.

image

Ushbi mavsumda Sharm al-Shayxga

icon

Uzbeksitan Airways Toshkent-Xanchjou-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarni yoʻlga qoʻymoqda, deya xabar berdi aviakompaniya matbuot xizmati.

Maʼlum qilinishicha, parvozlar 17-noyabrdan boshlab har hafta yakshanba kunlari amalga oshiriladi.

Parvoz jadvali (har bir shahar uchun mahalliy vaqt):

  • Toshkentdan joʻnab ketish soat — 12:40; Xanchjouga yetib borish soat — 22:00;
  • Xanchjoudan joʻnab ketish soat — 23:30; Toshkentga yetib borish keyingi kun soat — 04:10.

Bir tomonlama aviachipta narxi 4 mln 46 ming soʻmdan, Toshkent-Xanchjou-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha esa 7 mln 3 ming soʻmdan boshlanadi.

Aviachiptalarni www.uzairways.com saytidan, mobil ilovadan, Uzbekistan Airways Sales filialidan va aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.

Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.