РУ
O’Z
UZS
/
Pul
/
Uzum’da $300 gacha bo‘lgan 7 ta eng yaxshi smartfon
21.09.2024

Uzum’da $300 gacha bo‘lgan 7 ta eng yaxshi smartfon

Uzum’da $300 gacha bo‘lgan 7 ta eng yaxshi smartfon

Yangi smartfon xarid qilmoqchisiz-u, ammo qaysi birini tanlashni bilmayapsizmi? Eng mashhurlarini to‘pladik - ular Uzum'da eng xaridorgir mahsulotlar ro‘yxatiga kirib, 2024-yilda ko‘plab ijobiy izohlarni to‘plagan.

ZTE Blade A55

Yorqin tasvirli katta 6,75 dyumli ekran, sun’iy intellektli qo‘sh orqa kamera, sakkiz yadroli protsessor, uchta sim-karta uchun joy va nafis dizayn. Bu esa ushbu "aqlli" smartfonning faqat bir qismi, xolos. Ikki xil rangda mavjud: och ko‘k va qora.

Narxi: 999 000 so‘mdan boshlanadi

Sotib olish

Honor X6b

Zamonaviy, ilg‘or va yuqori samarali. Yorqin ekran, sifatli kamera, quvvatli batareya va tez quvvatlash xususiyati. Mobil o‘yinlar va ijtimoiy tarmoqlar ishqibozlari qadrlaydigan tezkor sensorli ekranga ega. Ikki xil rangda mavjud: yashil va klassik qora.

Narxi: 1 839 000 so‘mdan

Sotib olish

Xiaomi Redmi 13

Har bir detalda uslub – bu smartfon haqida albatta eshitgansiz. Yangi rang yechimlari, barqaror protsessor, "takomillashtirish" rejimli o‘ta aniq kamera, kuchaytirilgan batareya quvvati, shuningdek, qandlar yoki tungi osmon ranglaridagi orqa panelning ajoyib dizayni.

Narxi: 1 949 000 so‘mdan

Sotib olish

Samsung Galaxy A15

Ajoyib aniqlikdagi 6,5 dyumli displey, yuqori sifatli tasvir (hatto quyosh nurida ham), 50 MP kamera va 13 MP frontal. Protsessor, akkumulyator kuchli - smartfon uzoq vaqt quvvatni ushlab turadi. Shirinlik uchun: telefoningizni istalmagan foydalanuvchilardan himoya qiladigan barmoq izi skaneri mavjud. Moviy melanj va muzdek kabi g‘ayrioddiy ranglar mavjud. 

Narxi: 1 998 000 so‘mdan

Sotib olish 

Vivo Y28

Quyosh yoki zumradni doimo yonida olib yurishni xohlovchilarga mo‘ljallangan. Smartfonning ikki qatlamli, yaltiroq qoplamasi uni boshqalar orasida takrorlanmas qiladi. Dizayndan tashqari, xaridorlar ko‘z himoyasi, stereodinamika, yuqori yorqinlikka ega silliq tasvir, shuningdek, uzoq vaqt avtonom ishlashga ega ekranni baholadi.

Narxi: 3 060 000 so‘m 

Sotib olish

Honor X8b

Ilg‘or texnologiyalar mashhur smartfongacha yetib bordi, aniqrog‘i, uni shunday qildi. Yuqori aniqlikdagi kamera (fotosuratchilarga yoqadi), juda chuqur tasvir va mukammal tafsilotlarga ega ekran, ixchamlik va yengillik. Orqa qopqog‘ining retro uslubda eko-charmdan ishlangan dizayni alohida zavqlanishga arziydi. 

Narxi: 3 329 000 so‘mdan 

Sotib olish

Samsung Galaxy A35 5G 

Ikkita sim-karta, asosiy kamera 50 MP (frontalka 13 MP) – ikkalasi ham kunduzgi va tungi yorug‘likda suratga olishni yaxshi uddalaydi. Oddiylik va funksionallikning mukammal qorishmasi. Orqasi shisha panelli, zamonaviy tekis ramka va noodatiy ranglarda: masalan, lavanda.

Narxi: 3 799 000 so‘mdan 

Sotib olish