РУ
O’Z
UZS
/
/
Uzun toshoyna va kichik yotoqxonani jihozlash bo‘yicha yana 9 ta maslahat
18.07.2024

Uzun toshoyna va kichik yotoqxonani jihozlash bo‘yicha yana 9 ta maslahat

Uzun toshoyna va kichik yotoqxonani jihozlash bo‘yicha yana 9 ta maslahat

Kichik yotoqxonani tartibga keltirish qiyindek tuyuladi va siz u yerdagi lash-lushlaringizni hech joylay olmagandek bo‘lasiz. Ushbu stereotipning noto‘g‘ri ekanini isbotlashga harakat qilib, sizga kichik yotoqxonani ixcham jihozlashning yaxshi namunalarini ko‘rsatishga qaror qildik. 

Ergonomik zonalashtirish 

Avval yotoqxonani zonalarga bo‘lishni taklif etamiz, ya’ni mana bu garderob, bu ish stoli, bu esa dam olish uchun joy deganday. Bu chizmani nafaqat boshingizda, balki qog‘ozga ham chizib oling, keyin esa uni kvadratlarga kesib, polga qo‘yib chiqing. Bu sizga xonada orientir olishingizni osonlashtiradi.

Karavot – xonaning “yuragi” bo‘lsa 

Karavot xonadagi mebelning asosiy qismidir, shuning uchun jihozlashni undan boshlashingiz kerak. Bo‘sh joyni tejash va yotoqxonani vizual ravishda kattaroq qilish uchun karavotni deraza oldida joylashtiring, shunda deraza tokchasini “tungi stolcha” sifatida ham ishlatishingiz mumkin bo‘ladi.

Hayajonlantiradigan ranglar 

Kichik yotoqxonaning interyerida yorqin ranglardan qo‘rqmang, aksincha ulardan foydalaning! Devorlarning qorong‘u ranglari xonani tor qutiga aylantiradi, ammo yorqin va och ranglar xonani jonlantiradi hamda bo‘sh joy ko‘pdek ko‘rinadi. Qiziqarli printlar va naqshlar chizilgan gul qog‘ozi ham xonani yanada ta’sirchan va kengroq qiladi.

Ko‘p funksiyallik rejimi 

Juda baland va tor narsalar kichik yotoqxona uchun umuman mos kelmaydi. Hatto bir dona uncha katta bo‘lmagan komod ham uni yanada tor qiladi. Agar yotoqxonangizga shkafga joy bo‘lmasa, kiyimlaringizni karavot ostidagi tortmalarga joylashingiz mumkin. Yoki o‘zingiz karavotingiz tagiga chiqadigan tortmalarni o‘rnatishingiz mumkin.

Shaxsiy zona haqida ham unutmang

Xonani zonalashtirish nafaqat jismoniy, balki psixologik qulaylikni ham yaratadi. Bunday shaxsiy zonani imkon qadar tez va sherigingiz bilan janjallashmagan holda yaratish uchun karavotingizni yengil chodir yoki parda bilan o‘rab olishingiz mumkin. Shunda siz ham o‘z shaxsiy joyingizga ega bo‘lasiz, ham o‘z fikr va g‘oyalaringiz hamda orzularingiz bilan yolg‘iz qolish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Har narsa o‘z joyida

Agar siz juda kichik kvartirada yashab, yotoqxonangizni ofis, ijodiy maskan va sevimli hobbi mashg‘ulotlari uchun joy sifatida foydalansangiz-chi? Bunda har narsaning o‘z joyi bo‘lishi kerakligini unutmang. Agar karavotingizning usti chevarlik va sport anjomlari bilan toshib ketishini istamasangiz, shu narsalardan qaysi birlari haqiqatdan ham kerakligi haqida o‘ylab, barcha ortiqcha narsalardan xalos bo‘lganingiz ma’qul.

Yuqoridan qarab bir fikrlab ko‘ring 

Agar yotoqxonangizda narsalarni qo‘yishga joy topmasangiz, xonaga mutlaqo boshqacha burchakdan qarashga harakat qiling. Gorizontal narsalar va to‘g‘ri kelgan narsalarni polga qo‘yishdan voz keching. Osma vertikal javonlar kitob, jurnal, dekorativ figuralar va vazalar, shuningdek, turli kichik narsalarni joylaydigan qutichalar uchun ajoyib saqlash joyi bo‘ladi.

Oynalarni polga o‘rnatamiz 

Kichik yotoqxonani kengaytirish uchun hozirda mashhur layfhaklardan biri oynalardir. Ammo dizaynerlar ularni an’anaviy usulda o‘rnatishdan voz kechishni tavsiya qiladi – oynalar endi devorlarga emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri yerga joylashtiriladi, bu esa eng kichik xonani ham vizual ravishda kengaytiradi. Bundan tashqari u yotoqxonaga zamonaviy ko‘rinish bag‘ishlaydi.

Tokchalarni bo‘sh qoldiring 

Tokchani dekorativ elementlar, kitoblar to‘plami va gul to‘vaklari bilan to‘ldirib tashlash faqat xonani yanada tor ko‘rsatishga olib keladi. Shuning uchun oyna oldi va tokchani iloji boricha bo‘sh qoldirishga harakat qiling. Shunda xonaga ko‘proq yorug‘lik kirib, uni vizual ravishda keng qiladi.

Maksimalizmsiz 

Bu degani, agar yotoqxonangiz kichkina bo‘lsa, xafa bo‘lavermasdan, minimalizm asoslarini o‘rganib, o‘zingizni doimiy tartibga solishingiz kerak degadir. Xonada qancha mebel kam bo‘lsa, xona shuncha keng ko‘rinishini unutmang. Shuning uchun xonani minimalizm usulida jihozlash va barcha ortiqcha narsalardan xalos bo‘lish kerak deb o‘zingizga va’da bering. Hamma yoqtirgan, ammo hozirda ortiqchalik qilayotgan narsalaringizni bir kun albatta erishadigan katta yotoqxonaga ko‘chganda olasiz, kelishdikmi?