Kamberbetch va Kolman ishtirokidagi “Rouzlar oilasi urushi” filmining yangi tizeri e’lon qilindi


Internetda “Rouzlar oilasi urushi” komediyasining yangi tizeri e’lon qilindi. 1989-yilgi shu nomdagi filmning qayta ishlangan varianti 29-avgustda xorijda namoyishga chiqariladi.
Loyihada bosh rollarni Benedikt Kamberbetch (“Sherlok”) va Oliviya Kolman (“Toj”) ijro etgan. Syujet bo‘yicha, uzoq yillar davomida baxtli hayot kechirgan er-xotin Teo va Iv kutilmaganda ajrashishga qaror qilishadi.
TelecomTV xizmatiga 7 kunlik bepul kirish imkoniyatiga ega bo‘ling.
Quyidagi tugmani bosing va hoziroq boshlang!

Ikkala qahramonga ham bu qaror g‘ayritabiiy tarzda qiyin kechadi — ikkalasi ham fikrini o‘zgartirishga urinib, hiyla-nayrang va boshqa makkorona usullardan foydalanadi.
Qayta ishlangan filmda shuningdek, Ellison Jenni, Keyt MakKinnon, Endi Semberg, Nshuti Gatva va boshqalar ham rol ijro etishgan. Filmni Jey Rouch (“Fakerlar bilan tanishuv”) sahnalashtirgan. Ssenariyni Toni MakNamara (“Baxtsiz kambag‘allar”) moslagan.