верхний кино
РУ
O’Z
UZS
/
/
Xitoyda bemorga cho‘chqa buyragi ko‘chirib o‘tkazildi
18.03.2025

Xitoyda bemorga cho‘chqa buyragi ko‘chirib o‘tkazildi

Xitoyda bemorga cho‘chqa buyragi ko‘chirib o‘tkazildi

Xitoyda buyrak yetishmovchiligidan aziyat chekkan 68 yoshli ayolga geni o‘zgartirilgan cho‘chqa buyragi muvaffaqiyatli transplantatsiya qilingan.

image

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!

icon

Xitoylik shifokorlar guruhi uremiya bilan og‘rigan bemorga genetik jihatdan o‘zgartirilgan cho‘chqa buyragini muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazdi. Bu turlararo a’zo ko‘chirib o‘tkazish sohasida muhim klinik yutuq hisoblanadi.

Harbiy havo kuchlari tibbiyot universiteti Sitszin shifoxonasi shifokorlar guruhi 6-mart kuni buyrak kasalligining so‘nggi bosqichidagi 69 yoshli ayolga genetik jihatdan o‘zgartirilgan cho‘chqa buyragini ko‘chirib o‘tkazdi. Qon aylanishi tiklangach, ko‘chirib o‘tkazilgan buyrak pushti rangga kirdi va tez orada siydik ajrata boshladi.

Operatsiyadan keyingi oltinchi kunda bemorning ahvoli barqaror, buyrak faoliyati yaxshi bo‘lib, bir sutkada ajralgan siydik miqdori 5468 millilitrgacha yetdi. Shuningdek, buyrak faoliyatini baholashning asosiy biokimyoviy ko‘rsatkichi bo‘lgan qon zardobidagi kreatinin darajasi 3-kunga kelib me’yorga tushdi. Bu esa dastlabki jarrohlik muvaffaqiyatli o‘tganini ko‘rsatadi, deydi shifokorlar jamoasi.

Sakkiz yil oldin surunkali buyrak yetishmovchiligi tashxisi qo‘yilgan bemor mos buyrak donorini topa olmagan va haftasiga uch marta dializga muhtoj bo‘lgan. Kasallik zo‘rayishi bilan dializ bilan bog‘liq asoratlar paydo bo‘la boshlagan.

Xitoyda taxminan 130 million kishi surunkali buyrak kasalligi bilan og‘rigan bo‘lib, buyrak kasalligining so‘nggi bosqichidagi bemorlar soni har yili uzluksiz oshib bormoqda.

Bu qiziq

Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Kinolarni bepul ko‘rish imkoniyati!
Buyurtma qoldiring

Bizning menejerlarimiz yaqin orada siz bilan bog‘lanadi.

Rahmat, arizangiz qabul qilindi.