РУ
O’Z
UZS
/
/
Yerni yana kuchli magnit bo‘ronlari qoplaydi
09.09.2024

Yerni yana kuchli magnit bo‘ronlari qoplaydi

Yerni yana kuchli magnit bo‘ronlari qoplaydi

Qayd etilishicha, mazkur hodisalar Yerda magnit bo‘ronlarini keltirib chiqaradi.

Quyosh o‘zining eng yuqori faolligiga yaqinlashmoqda, bu esa unda tobora ko‘proq dog‘lar paydo bo‘lishiga hamda toj massasining chiqishi (CMEs) bilan birga kechadigan chaqnashlarga olib keladi. Qayd etilishicha, mazkur hodisalar Yerda magnit bo‘ronlarini keltirib chiqaradi.

SpaceWeather kosmik ob-havo kuzatuvi sayti ma’lumotlariga ko‘ra, 8-sentyabr kuni Quyoshda magnit tolalari chaqnab, Yer tomon to‘q rangli plazma spiral ajratib chiqargan. AQSH Milliy Atmosfera va Okeanografiya boshqarmasi (NOAA) maʼlumotlariga ko‘ra, plazma 10-sentyabr kuni Yerga yetib keladi. Bu G2 magnit bo‘roniga sabab bo‘ladi. Meteoagent portali ma’lumotlariga ko‘ra, magnit bo‘roni ikki kun, 10 va 11- sentyabr kunlari davom etadi. 

Magnit bo‘ronlar — bu Yerning geomagnit maydonidagi turli davomiylik va intensivlikdagi buzilishlar hisoblanadi. Ular Quyosh tomonidan chiqariladigan zaryadlangan zarrachalar oqimi bilan bog‘liq. Magnit bo‘ronlar aloqada uzilishlarga olib kelishi mumkin, shuningdek, keksalar va ob-havoga sezgir odamlarning salomatligiga ta’sir qiladi. Xususan, ularda bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, bo‘g‘imlarda og‘riq, charchoq va uyqusizlik kuzatilishi mumkin.